Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHISINING BIR YILLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

×

 2023-02-03 11:00:35    95

PDF yuklash
Chop etish


Hokim yordamchisining bir yillik faoliyati tahlil qilindi

Mahallada o’ziga xos o’sish nuqtasi – drayverini aniqlash va ushbu aniqlangan drayver asosida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, pirovardida, aholini ushbu sohaga yo’naltirilgan holda ularning daromad olishlari uchun manba yaratish hududlarda faoliyat boshlagan hokim yordamchilarining vazifalaridan biri hisoblanadi. Bir yil davomida qilingan ishlar yuzasidan bugun hokim yordamchilari aholiga hisobot bermoqdalar.

Guliston mahallasidagi 9-sonli umumta'lim maktabi majlislar zalida yig’ilgan mahalla fuqarolariga ushbu mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Kamoliddin Kamolov o’zining bir yillik faoliyati bo’yicha hisobot berdi. Tadbir davomida mahallada barcha jabhada, hokim yordamchisining faoliyat doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Aniq reja va chora-tadbirlar asosida qilingan ishlar xususida Kamoliddin Kamolov mahalla ahliga hisobot berib, bunday ishlar mahalla hududida bu yili ham davom ettirilishi va qilinadigan ishlar o’zaro maslahat va kelishuv asosida amalga oshirilishini ta'kidladi. Tadbirda ishtirok etgan qatnashchilar ham hokim yordamchisi faoliyati bo’yicha fikrlar bildirdilar.

O’z savollariga hokim yordamchisidan javoblar olgan tadbir ishtirokchilari uning yangi rejalari haqida ham ma'lumot oldilar. Tadbir davomida kelgusi ishlar rejasi bo’yicha “Yo’l xaritasi” qabul qilindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram