SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-02-02 17:40:49 84
Savol bering, javob beramiz
Savol: Meni ish joyimda lavozimim qisqartirilganligi uchun menga ogohlantirish xati yuborilgan.Biroq men homilador ekanligimni ularga ma'lum qildim va ishda qoldirishni so’radim, biroq tashkilot raxbari rad qildi. Ular xaqmi?
Javob: Yo’q homiladorligingiz haqidagi tasdiqlangan tibbiy ma'lumotnomani taqdim etishingiz lozim, Hattoki, ogohlantirish muddatining so’nggi kuni ham homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy ma'lumotnoma olib kelsangiz ish beruvchi Sizni bo’shata olmaydi. Chunki, MK 237-moddasiga ko’ra, homilador ayollar va 3 yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram