Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 194 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SARIBOZORCHA MAHALLASI HOKIM YORDAMCHISI MAHALLADOSHLARIGA HISOBOT BERDI

×

 2023-02-02 16:00:25    68

PDF yuklash
Chop etish


Saribozorcha mahallasi hokim yordamchisi mahalladoshlariga hisobot berdi

Ayni kunlarda tumanimizning barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida hududlarda faoliyati yo’lga qo’yilgan hokim yordamchilarining hisobot yig’ilishlari bo’lib o’tmoqda. Mazkur tadbirlarda hokim yordamchilarining bir yillik faoliyati sarhisob qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarning rejalari tuzilayotir.

Rashidjon Inomjonov Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inida mana bir yildirki, hokim yordamchisi sifatida faoliyat olib boradi va mahallaning 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan tadbirda hokim yordamchisi mahalla ahliga hisobot berdi. Saribozorcha mahallasida hokim yordamchisi tashabbusi bilan bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Hokim yordamchisi mahaladoshlariga qilingan ishlar haqida asosli ma'lumotlar taqdim etdi. Hokim yordamchisi mahallada amalga oshirilgan xatlov natijasiga ko’ra aholi bandligini ta'minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka yo’naltirish, bank krediti olininshida tavsiyanomalar berish va kreditni maqsadli sarf etilishini nazoratga olish, ehtiyojmand oilalarga subsidiya asosida berilgan asbob va dastgohlar, tomorqa masalalari, yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarni kasb-hunarga o’qitish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholiga har tomonmala qulayliklar yaratilganligi xususida batafsil ma'lumot berdi.

Tadbir ishtirokchilari ham o’z so’zlarida hokim yordamchisining bir yillik faoliyatiga munosib baho berdilar. Tadbir oxirida bir guruh mahalla faollariga qimmatbaho va esdalik sovg’alar va tashakkurnomalar taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram