Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 221 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHISI MAHALLADOSHLARI OLDIDA HISOBOT BERMOQDA

×

 2023-02-02 15:42:10    75

PDF yuklash
Chop etish


Hokim yordamchisi mahalladoshlari oldida hisobot bermoqda

        Bugun Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 1-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida mazkur mahalla hokim yordamchisi Xurshedjon Husaynovning hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda ishtirok etgan mahalla fuqarolar iyg’ini ahli va faollariga hokim yordamchisi faoliyatining ilk yili davomida amalga oshirgan ishlari xususida ma'lumot berdi.

        Respublikamizda hokim yordamchisi faoliyatini yo’lga qo’yilishi albatta, mahalaldagi fuqarolar muammo va kamchiliklarini o’rganish, aniqlash va ularni hal etilishida asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida ham ushbu yo’nalishda hokim yordamchisi tomonidan amaliy ishlar qilindi.

        Mahalallarda faoliyat boshlagan har bir hokim yordamchisi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi 31-sonli “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida yo’lga qo’yishgan. Hokim yordamchisi ayniqsa, mahalladagi xonadonlarni xatlovdan o’tkazadi, aholi bandlik darajasi, daromad manbalari, intilishlari, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini o’rganadi, aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 20 dan ortiq subsidiya uchun tavsiyanomalar beradi, mahalladagi ishsizlarni, birinchi navbatda, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarni bo’sh (vakant) ish o’rinlariga joylashtiradi, jamoat ishlariga jalb qiladi.

        Hisobot yig’ilishi davomida hokim yordamchisi faolyaitining mana shu jabhalariga alohida to’xtalib, mahalla ahliga to’liq va asosli ma'lumotlar taqdim etdi. Tadbir davomida tadbir ishtirokchilari mahalla hokim yordamchisiga savollar berib, javoblar oldilar va Xurshedjon Husaynovning bir yillik faoliyatiga a'lo baho berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram