ISLOM KARIMOVNI XOTIRLAB...
![](https://soh.uz/uploads/bot/127c551059689a7b1cf3d.jpg)
2023-01-30 18:35:37 87
![](https://telegra.ph/file/127c551059689a7b1cf3d.jpg)
Islom Karimovni xotirlab...
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan Sarikanda mahallasida xotira tadbiri o’tkazildi. Unda mahalla faollari, 4-sonli maktab o’qituvchilari va 60 ga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda birinchi Prezident rahnamoligida mamlakatning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy hayotida ulkan o’zgarishlar sodir bo’lgani, demokratik islohotlarni joriy etish borasida buyuk taraqqiyot yo’lini bosib o’tgani e'tirof etildi.
– Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yosh avlodni ma'nan yetuk insonlar etib tarbiyalashning moddiy-texnik tomoni tashabbuskori, barkamol avlod tarbiyasini umummilliy vazifa darajasiga ko’targan buyuk shaxs edi, – deydi Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Hayitboy Hasanov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
![](https://telegra.ph/file/cd7971091d1dd97ffe4de.jpg)
![](https://telegra.ph/file/b668ec0cb0341d092d800.jpg)
![](https://telegra.ph/file/c84530f013204277b169d.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram