Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 209 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVAT – INSONIYLIKNING OLIY FAZILATI

×

 2023-01-27 09:34:30    76

PDF yuklash
Chop etish


SAXOVAT – INSONIYLIKNING OLIY FAZILATI

        Ehson qilish, insonlar ko’ngliga xayr va saxovat amallari orqali yo’l topish insoniylikning oliy fazilatlaridan hisoblanadi. Muqaddas Islom dinida ham saxiy insonlar va saxovatning mukofoti yuksak ekanligi alohida qayd etilgan.

        Quvonarlisi, oramizda mana shunday xayrli amallarni o’ziga shior qilib olgan saxovatpeshalar ko’p topiladi. Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi yosh tadbirkor Valijon To’ychiyev mana shunday qo’li ochiq saxovatpeshlardan.

        Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Subhonali Nishonovning so’zlariga ko’ra, kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo’llab-quvvtlash maqsadida mahallada jamoatchilik asosida “Saxovati mahallai Hazrati Ali” jamg’armasi tashkil etilgan. Ushbu jamg’arma mablag’lari ham saxovatpesha insonlar moddiy ko’magi asosida shakllantirilib, tashkil etilgan shtab a'zolari tomonidan shakllantirilgan mablag’ va mahsulotlar maqsadli yo’naltiriladi.

        Tadbirkor Valijon To’ychiyevning moddiy ko’magi va mazkur jamg’arma hisobidan bugun Hazrati Ali, Sarikanda va Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inlarida yashovchi, boquvchisini yo’qotgan 16 nafar fuqarolar va ularning oila a'zolariga sifatli un mahsuloti manzilli tarqatilib ularning holidan xabar olindi. – “Mahalla fuqarolar yig’ini ma'muriyati tomonidan saxovatmand tadbirkor Tuychiyev Valijon Bahronovichga o’z minnatdorchiligimizni bayon etamiz”, - deyiladi bizga yo’llagan xabarda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram