Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 223 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’AZNOV MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDAGI 21-SONLI UMUMTA'LIM MAKTABINING ISTITISH TIZIMI YANGILANMOQDA

×

 2023-01-27 09:30:28    77

PDF yuklash
Chop etish


G’aznov mahalla fuqarolar yig’inidagi 21-sonli umumta'lim maktabining istitish tizimi yangilanmoqda

        Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bugun 1-sektor hududidagi Qal'acha va G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, mahallalarda olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdi. Qal'acha mahallasida yangi qurilgan ijtimoiy soha ob'ektlari va aholiga xizmat ko’rsatish darajasini o’rgandi, o’rganish davomida turli soha vakillari va ayniqsa yoshlar bilan suhbatlar tashkil etildi.

        Qish mavsumini betalofat o’tkazish va isitish tizimidagi muammo va kamchiliklar mahalladagi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti misolida o’rganildi. Anomal sovuq havo hukm surayotgan bu kunlarda mazkur muassasa isitish tizimi bir me'yorda ishlayotgani, ko’mir zaxirasi bilan to’liq ta'minlanganligi ma'lum bo’ldi. Biroq, isitish tizimi butun binoda mo’'tadil haroratni ta'minlay olmayotganligi ham aniq bo’ldi. Muassasa mutasaddilari va bo’lim rahbariyatiga mu'tadil ob-havo sharoiti ta'minlangunga qadar bolalarni muassasaga jalb etmaslik tavsiyalari berildi. Chunki bu choralar bolalar orasida har xil kasalliklar keltirib chiqarishini ham kamaytiradi.

        G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida faoliyat olib borayotgan "beshlik" bilan ham mahalladagi olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. Mahallada osh pishirish jarayoni ustidan chiqgan tuman hokimi bunday xayrli amallarni har doim amalga oshirish lozimligini ta'kidladi.

        Ma'lum bo’lishicha, mahalladagi 21-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi isitish qozonxonasi me'yorda ishlatilishiga qaramay sinfxonalar yetarli darajada istilmayapti. Istitish tizimidagi nosozliklar sinfxonalarda sovuq harorat saqlanishiga omil bo’layotir.

        Mutaxassislar tahlili va hisob-kitobi bo’yicha tuman hokimi tashabbusi bilan maktab isitish tizimi zamonaviy asbob-dastgohlar bilan almashtiriladigan bo’ldi. Bugun maktabga zamonaviy plastik quvurlar yetkazib berildi.

        Amaldagi temir batareya va quvurlar yangi zamonaviy isitish tizimi bilan almashtirilmoqda. Buning uchun ustalar vqa mutaxassislar jadallik bilan ish olib borib, barcha bajarilayotgan ishlar jarayoni tuman hokimi tomonidan nazoratga olingan. Bugun ham tuman hokimi mazkur maktabda bo’lib, ishlarni ko’zdan kechirdi va usta-mutaxassislar bilan uchrashib muammo va kamchiliklar yuzasidan amaliy ko’mak ko’rstatishni ta'kidladi. Tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov va tuman xalq ta'limi bo’limi mudiri Fozil Mirzoyev ham maktabdagi ishlarni nazorat qilishda tuman hokimiga hamrohlik qildilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram