Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 123 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYOJMAND FUQAROLARGA 56,2 TONNA BEPUL KO’MIR MAHSULOTI YETKAZIB BERILDI

×

 2023-01-27 09:23:41    79

PDF yuklash
Chop etish


Ehtiyojmand fuqarolarga 56,2 tonna bepul ko’mir mahsuloti yetkazib berildi

        Kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo’qotgan fuqarolarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ayniqsa, anomal harorat hukm surayotgan kunlarda ularga yordam qo’lini cho’zish maqsadida So’x tumanida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Ushbu yo’nalishda tumanda sektorlar kesimida amaliy ishlar qilindi.

        “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning so’zlariga ko’ra, ushbu kunlarda aholiga bepul ko’mir mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Manzilli yetkazib berilgan ko’mir mahsuloti 56,2 tonnani tashkil etadi. Sektorlar kesimidagi 117 nafar ehtiyojmand oilalarga yetkazib berilgan ko’mir mahsulotidan bugun fuqarolarimiz minnatdorchilik hissi bilan foydalanishmoqda.

        Aytish lozimki, bunday xayrli amallar mahalla fuqarolar yig’inlari kesimida ham amalga oshirilmoqda. YEtkazib berilgan 56,2 tonna miqdordagi ko’mir mahsulotlardan tashqari homiylar ko’magida ham amaliy yordam berilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram