Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 223 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVATPESHA HOMIYLAR KO’MAGIDA KAM TA'MINLANGAN FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

×

 2023-01-18 14:17:46    82

PDF yuklash
Chop etish


Saxovatpesha homiylar ko’magida kam ta'minlangan fuqarolar holidan xabar olindi

Mehr-oqibat, o’zaro hurmat va izzat insonlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi ezgu xislat va fazilatlardan hisoblanadi. Aytish lozimki, ushbu ayozli va anomal harorat hukm surayotgan kunlarda saxovatpesha insonlar kam ta'minlangan va ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olishmoqda.

Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida mahalla raisi Subhonali Nishonov so’zlariga ko’ra, aynan kam ta'minlangan va ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolarni qo’llab-quvvatlash maqsadida «Saxovati mahallai Hazrati Ali» jamg’armasi tashkil etilgan. Mazkur jamg’armaning asl maqsadi insonlarga mehr ulashish, oqibatdek fazilatlarni yanada mustahkamlash va boshlangan xayriya amallarini davom etttirishdan iborat.

Mahalla raisi boshchiligida mazkur jamg’arma hisobidan Saribozorcha va Hazrati Ali mahalla fuqarolar yyig’ini hududida yashovchi kamta'min oilalar holidan xabar olinib ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Ko’rsatilgan ko’mak uchun mahalla raisi barcha homiylarga minnatdorchilik bildiradi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram