MAHALLIY VA RESPUBLIKA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARI ISHTIROKIDA TUMAN HUDUDLARIGA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
![](https://soh.uz/uploads/bot/57cc656dad0d10dd5bf46.jpg)
2023-01-17 16:05:54 82
![](https://telegra.ph/file/57cc656dad0d10dd5bf46.jpg)
Mahalliy va Respublika ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tuman hududlariga press-tur tashkil etildi
Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning So’x tumaniga qilgan tashrifi doirasida mahalliy va Respublika ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tuman hududlariga press-tur tashkil etildi. Press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari tumanda bo’layotgan o’zgarishlarni ko’zdan kechirdilar, Demursad, Zangat va Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inida davlatimiz rahbari e'tibori asosida Vatan himoyachilariga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Press-tur davomida harbiylar uchun qurib bitkazilgan uy-manzillar va qurilgan zamonaviy, yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ushbu voqeliklar haqidagi tayyorlangan lavha va reportajlar mahalliy va Respublika OAVlari orqali namoyish etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
![](https://telegra.ph/file/732044af69635f18a6824.jpg)
![](https://telegra.ph/file/57bfd08fdfb2613cb08ef.jpg)
![](https://telegra.ph/file/73cbbeedefbfe4cce0147.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram