MAHALLA OTINOYILARIGA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH, TARBIYA, DIN VA OILA MAVZULARDAGI YANGI KITOBLAR TAQDIM ETILDI
2023-01-13 16:03:28 79
Mahalla otinoyilariga sog’lom turmush tarzini shakllantirish, tarbiya, din va oila mavzulardagi yangi kitoblar taqdim etildi
Mahallarda sog’lom turmush tarzini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni o’tkazilishida xotin-qizlarning fa'olligi katta ahamiyatga ega. Chunki oilalarimizdagi tinchlik-totuvlik, xonadonlarimizdagi saranjom-sarishtalik eng avvalo onalar va xotin-qizlarimizga bog’liq.
Ayni kunda hududlarda viloyat targ’ibot guruhi a'zolari ishtirokida turli tadbirlar, ochiq muloqot, davra suhbatlar va uchrashuvlar o’tkazilmoqda. Tuman hokimligi majlislar zalida o’tkazilgan tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, viloyat targ’ibot guruh rahbari Dilorom G’ofurova, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i, tuman hokimi o’rinbosari Madina Safarovalar ishtirok etdilar.
Tadbirda ishtirok etgan mahallalar xotin-qizlar fa'ollari va otinoyilarga Respublikamizda ushbu yo’nalishda olib borilayotgan amaliy islohotlar mazmun-mohiyati haqida ma'lumotlar berildi. Ayniqsa, tumanda bo’layotgan o’zgarishlar, fuqarolarimizning ongu shuurida bo’layotgan har bir ijobiy o’zgarirshlarga nisbatan xayrixohlik hissini uyg’otishda otinoyilarning hissasi beqiyosligi qayd etildi.
Mahallalarda fa'oliyati yo’lga qo’yilgan otinoyilar xotin-qizlar fa'ollari bilan mustahkam hamkorlikda ish olib borishlari va zamon bilan hamnafas tarzda har bir muammo yechimida ishtirok etishlari ta'kidlab o’tildi. Tadbir davomida mahallalar otinoyilariga sog’lom turmush tarzini shakllantirish, tarbiya, din va oila mavzulardagi yangi kitoblar taqdim etilib uushbu taqdim etilgan qitoblar asosida har bir otinoyi suhbatdan o’tishi belgilanganligi ta'kidlab o’tildi. O’z navbatida otinoyilar ham bu e'tibor uchun o’zlaring samimiy minnatdorchiliklarini bildirib o’tdilar.
So’x tumani hokimliggi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram