Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

So'x tumanida “Tashabbusli byudjet”: 2022 yil sarhisobi

 2023-01-10 09:25:40    234

PDF yuklash
Chop etish


So'x tumanida “Tashabbusli byudjet”: 2022 yil sarhisobi

         O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ–5072-sonli va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi KQ-213-IV-sonli qaroriga asosan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar tanlab olish va moliyalashtirish jarayoni 2022 yilda tumanimizda 2 bosqichda olib borildi.

          Tumanimiz aholisi tomonidan ovoz berish natijalargiga ko'ra g'olib deb topilgan 7 ta takliflarni moliyalashtirish uchun taman mahalliy byudjetining 5 foizi 4.6 milliard so'm va tuman mahalliy byudjetining qo'shimcha manbalari hisobidan 711.0 million so'm  jami 5.35 milliard so'm mablag'lar yo'naltirildi.

         Ushbu loyihalarni amalga oshishi hisobiga tumanimiz aholisini qiynab kelayotgan 12.8 kilometr tuman ichki yullari, 2 ta umumta'lim maktabi va  1 ta maktabgacha ta'lim muassasasini joriy ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazilib tumanimiz aholisiga foydalanish uchun topshirildi.

         Shu jumladan:

         Ushbu loyihalardan Sebzor mahalla fuqarolar yig'ini “Tutiqator” ko'chasining 1.5 kilometr va “Olmazor” ko'chasining 1.5 kilometr qismi, Qaqir mahalla fuqarolar yig'ini “Chinor” ko'chasining 1.4 kilometr va “Sebeda” ko'chasining 1.1 kilometr ichki yo'llari asfalьtlashtirilib berildi. Shuningdek Chashma mahalla fuqarolar yig'inidagi 11-sonli UO'T maktabga yozgi sport maydonchasi qurish, Yangiariq mahalla fuqarolar yig'inidagi 2-sonli maktabni va Lenbur mahalla fuqarolar yig'inidagi 17-sonli maktabgacha ta'lim muassasasini joriy ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazilgan.

         Hozirgi kunda Demursad mahalla fuqarolar yig'inining 3.8 kilometr va Chumoqcha mahalla fuqarolar yig'inining 3.4 kilometr ichki yullarni asfalьtlashtirish bo'yicha ishlar davom etmoqda.

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

13.37 KB