Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 199 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Hamma pensiyalar oshgani yo'q !

×

 2023-01-06 17:23:16    75

PDF yuklash
Chop etish


Hamma pensiyalar oshgani yo'q ! 2023 yil 1 yanvardan Qonunchilikka ikkita o'zgarish kiritildi: Birinchisi, pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o'rtacha ish haqining yuqori chegarasi PHBMning 10 barobari ((3 mln 240 ming so'm)dan 12 barobari (3 mln 888 ming so'm)ga oshirildi. Ya'ni, bunda faqat yuqori oylik olib ishlagan fuqarolar pensiyalari o'zgarishi mumkin. Sababi eski tartibda chegaradan yuqori qismi hisobga olinmasdi. Bundan mavsad ijtimoiy adolatni o'rnatish. Yuqori oylik olgan fuqarolar shunga mos ko'p soliq to'lagan. Hamma pensiyalarga ham ta'sir qilmaydi. Bu jarayon avtomatik dastur orqali amalga oshiriladi. Hech qanday ariza yoki qo'shimcha hujjat talab etilmaydi. Misol uchun, zararli kasbda 2 smena ishlagan fuqaro bilan 1 smena ishlagan fuqaro pensiyalari teng miqdorda bo'lib qolayotgan edi. Endi shu pensiyalarda 400 ming so'mgacha farq bo'ladi. Qaytaraman, bu hamma pensiyaga, staji ko'plarga, baland pensiya olayotganlarning hammasiga ham ta'sir qilmaydi. Ikkinchisi, 1 va 2-guruh nogironlik pensiyalari olib IShLAYoTGAN fuqarolar pensiyalarini qayta hisoblash huquqiga ega bo'lishdi. Ya'ni, pensiya tayinlangan keyin bir yildan ortiq ishlagan fuqarolar yuqori ish haqi ko'p olib ishlayotgan bo'lsa, pensiyasi miqdori o'zgarishiga sabab bo'lishi bo'lishi mumkin.Buning uchun yashash joyidagi Pensiya jamg'armasiga ushbu nogironligi bor fuqarolar qayta hisobga ariza berishlari mumkin. Qaytaraman, hamma nogironlik pensiyalariga ham ta'sir qilmaydi. Bolalikdan nogironlarga umuman aloqasi yo'q. Buni navbatdan tashqari oshirish deb qabul qilish lozim. Doimgidek - an'anaviy hurmatli Prezidentimiz qarorlariga asosan yoppasiga oshirish yil davomida bo'lishi rejalashtirilgan. Ikkalasi boshqa-boshqa yo'nalish. S. X. Temiraliyev - So'x tuman BTPJ bo'lim boshlig'i