Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KAM TA'MINLANGAN FUQAROLARGA BEPUL KO’MIR MAHSULOTI YETKAZIB BERILMOQDA

×

 2022-12-17 16:30:23    95

PDF yuklash
Chop etish


Kam ta'minlangan fuqarolarga bepul ko’mir mahsuloti yetkazib berilmoqda

        Ayni kunda tumanimizda kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida kam ta'minlangan oilalar, ehtiyojmand fuqarolarga arzon narxda ko’mir mahsuloti yetkazib berilmoqda. Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning ma'lumotiga ko’ra, bugungi kungacha Hushyor, Sebzor, Qaqir, Qal'acha, G’aznov, So’x, Hazrati Ali, Mulgon, Chashma va Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’inlariga 347 tonna kumir arzon narxda yetkazib berildi.

        Jumladan, 3-sektor hududidagi fuqarolarga 120 tonnadan ortiqrok, Mulgon mahalla fuqarolar yig’iniga 40 tonna ko’mir berildi. Aytish lozimki, ko’mir mahsuloti tabiiy gaz muammo bo’lgan va yetib bormagan hududlarga birinchi navbatda yetkazilmoqda.

        Bundan tashqari tuman ko’mir omboridan kam ta'minlangan, ehtiyojmand va nogironligi bor fuqarolarimizga 11,8 tonnadan ortiq bepul ko’mir yetkazib berildi. Bugungi kungcha 59 nafar ehtiyojmand fuqarolarga bepul ko’mir tarqatib berildi.

        Hushyor mahallasining “Adiri bolo” ko’chasida yashovchi fuqarolarga So’x ko’mir omboridan arzon narxda 23 180 kilogramm ko’mir maxsuloti tarqatib berildi.

        “Tagi sho’xcha” ko’chasida yashovchi Xoliniso Turayeva murojaati bo’yicha tadbirkor Sh. Egamov tomondan homiylik asosida amaliy ko’mak ko’rsatildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram