Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 206 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QIZILQIYOQ MAHALLASIDA YANGI DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI QAD ROSTLAMOQDA

×

 2022-11-29 17:19:29    86

PDF yuklash
Chop etish


Qizilqiyoq mahallasida yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qad rostlamoqda

Respublikamizda maktabgacha ta'lim sohasiga berilayotgan ulkan e'tibor zamirida o’sib kelayotgan barkamol avlod taqdiri mujassam. Ushbu yo’nalishda bizning tumanimizda ham amaliy ishlar qilinmoqda. Bolalar qamrovini maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ko’paytirish maqsadida fa'oliyat olib borayotgan soha xodimlari berilayotgan e'tibordan samarali foydalanishayotir. Tumanimizda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalar qamrovining yuqorilayotgani ham amaldagi islohotlar samarasidan darak beradi.

Tumanimizda davlat maktabgacha tashkilotlarining soni yana bittaga kupaymoqda. Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inida qad rostlayotgan yangi bino ushbu hudud aholisi farzandlariga sovg’a qilinadi. Harbiy qism hududida joylashgani bois, ushbu ta'lim dargohida askar va zobitlarning farzandalari ham tarbiya olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ayni damda ushbu inshootda oxirgi ishlar amalga oshirilayotir.

Tuman maktabgacha ta'lim bo’limi boshlig’i Gulnoza Usmonovaning ma'lumotiga ko’ra, mazkur inshoot qurilishi uchun davlatimiz byudjetidan 480 million so’m mablag’ yo’naltirigan. Bugun yangi barpo etilgan ushbu muassasaga yangi mebel jihozlari olib kelindi. Bo’lim mudirining so’zlariga ko’ra, ushbu muassasaning qurilish jarayoni tuman hokimining doimiy nazoratida. Viloyat hokimi tomonidan berilgan amaliy ko’mak tufayli muassasga mebel jihozlari olib kelindi.

Bugun mazkur muassasani foydalanishga topshirish ishlariga tayyorgarlik qizg’in kechmoqda va barcha tuman davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari o’z tashabuslari bilan hasharga chiqdilar. So’x tumaniga yetkazilgan manzaraviy daraxtlar ko’chati esa, tuman hokimi boshchiligida “yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida muassasa hududlariga hasharchilar bilan birgalikda ekildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram