Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA MAS'ULLARI FA'OLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR SEMINAR BO’LIB O’TDI

×

 2022-11-12 17:58:13    76

PDF yuklash
Chop etish


Mahalla mas'ullari fa'oliyatini takomillashtirishga doir seminar bo’lib o’tdi

Respublikamizda shakllangan o’ziga xos tizim, o’zini o’zi boshqarish organi bo’lgan mahalla institutini yanada takomillashtirish, mahallani chinakamiga fuqarolarning ishonch va umid uyiga aylantirishga qaratilgan islohotlar bugun amalda o’zining samaralarini berayotir. Fa'oliyati yo’lga qo’yilgan “beshlik”ning sa'y-harakatlari tufayli mahalla chinakamiga o’z nomiga xos va mos bo’lmog’i lozim. Bugun tuman hokimligida bo’lib o’tgan amaliy seminar ayni ushbu masalaga bag’ishlandi.

Seminarni ochib bergan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev davlatimiz rahbari e'tibori asosida mahalla institutini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar samarasi haqida so’z yuritib, mahalla raisi boshchiligida fa'oliyati yo’lga qo’yilgan hokim yordamchisi, xotin-qizlar fa'oli, yoshlar yetakchisi va profliaktika nozirlari berilayotgan e'tiborni his etgan holda mahalla rivoji va ravnaqiga o’zlarining hissalarini astoydil qo’shishlari kerakligini ta'kidlab o’tdi.

Mahalladagi fuqarolar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan alohida, manzilli ishlash, ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni o’rganib, hal etish choralarini ko’rish, “beshlik” da olib borilgan xatlovlar natijasiga asosan har bir oilaga nisbatan ma'lumot bo’lishi, mahalla bilan hamnafas bo’lish, mahallani rivojlantirish va uning ravnaqiga hissa qo’shish, har bir mutasaddi zimmasidagi vazifalarini mas'uliyat bilan bajarilishi lozimligi alohida ta'kidlandi.

Tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov, tuman davlat xavfsizlik xizmati rahbari M. Komilovlar ham so’zga chiqib, har bir mutasaddi o’z mahallasi bo’yicha aniq ma'ulmotlarga ega bo’lishi davr va zamon talabi ekanligini ta'kidlab o’tdilar. Yig’ilganlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi 92-sonli “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi 312-sonli “Yoshlar muammolarini o’rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarorlarining mazmun-mohiyati yana bir bor tushuntirildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram