Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 200 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR O’RTASIDA HUQUQBUZARLIKLAR VA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH – KUNNING ASOSIY MAVZUSI

×

 2022-11-09 16:28:02    92

PDF yuklash
Chop etish


Jinoyatchilik va huqubuzarliklarning oldini olish huquq-tartibot organlari xodimlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Ayniqsa, yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olishda ham bu mas'uliyat ikki karra ortiqroqdir.  

So’x tumani IIB JXX HPB HQMB katta inspektori, podpolkovnik Shahnoza Shodmonovaning so’zlariga ko’ra, So’x tumanidagi maktablarda 9-10-11-sinf o’quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida kengaytirilgan yig’ilishlar o’tkazib borilmoqda. Aniq maqsadni o’zida mujassam etgan bu tadbirlarda jamoatchilikning fa'ol ishtiroki ta'minlanayotir.

Kun tartibida voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, maktabga turli xil ko’rinishdagi ta'qiqlangan jismlarni olib kelmaslik, davomatni to’liq nazoratga olinishi, o’quvchilarni maktabda o’rnatilgan tartib qoidalarga bo’ysunishlari, “oila-mahalla-maktab” yo’nalishida tadbirlarni tashkil etib, o’tkazishlik belgilandi.

Shuningdek, yig’ilish ishtirokchilariga mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish maqsadida xukumatimiz tomonidan qabul qilingan Qonun, qaror va farmoyishlarning mazmun-mohiyatlari yetkazildi. Bunday tadbirlar tumanmizning barcha ta'lim dargohlarida o’tkaziladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram