Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YAXSHILIKNING CHEGARASI BO’LMAYDI

×

 2022-11-09 16:26:56    147

PDF yuklash
Chop etish


Aytish lozimki, yo’lga qo’yilgan o’ziga xos tizim va olib borilayotgan samarali ishlar tufayli fuqarolarimiz tomonidan qilingan murojaatlar o’z yechimini topmoqda va ko’ndalang bo’lib qolgan muammolar bartaraf etilyati. Qilingan murojaatlarning aksariyat qismi moddiy yordamni tashkil etadi.  

Navobod mahalla fuqarolar yig’ini Malbut qishlog’i, “Malbut” ko’chasi, 39-uyda yashovchi fuqaro, ikkinchi guruh nogironi Samejon Ayubovning tuman hokimiga qilgan murojaati yuzasidan “Mahalla” xayriya jamoat fond raisi Rasuljon Mirsaidov boshchiligida tashkil etilgan komissiya tomonidan o’rganishlar olib borilib, murojaat qilgan fuqaro farzandini xatna tuyini o’tkazish uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan kiyim-kechak va to’yga kerakli mahsulotlar olinib, fuqaroga manzilli yetkazib berildi.

So’x tuman Husher mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro Sidirali Jobirov, Qaqir mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Muhibjon Jumaboyevlarning murojaatlari ham o’rganilib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisob-raqamidan yurak jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun shartnomalar asosida 20 milllion so’mdan iborat pul mablag’lari “Abu Bakr ar Rozi medservis” klinikasi hisob-raqamiga o’tkazib berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram