Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 233 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ALIMENT TO’LAMAYOTGAN SHAXSLAR TAQDIRI

×

 2022-10-15 11:33:13    78

PDF yuklash
Chop etish


        Majburiy ijro byurosi So’x tumani bo’limi tomonidan aliment to’lashdan bo’yin tovlab, otalik burchini bajarmayotgan qarzdorlarga nisbatan majburiy ijro harakatlari amalga oshirib kelinmokda.

        Xususan, byuro tomonidan aliment to’lashdan kasddan bo’yin tovlab bir necha oylab aliment to’lamayotgan 6 nafar qarzdorlarga nisbatan tegishli tartibda ma'muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, to’plangan hujjatlar mazmunan ko’rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo’yicha So’x tuman sudiga yuborildi.

        JIB So’x tuman sudi tomonidan oktyabr oyini o’tgan davrida 6 nafar alimentdan bo’lgan qarzini to’lamay kelgan shaxslarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 47.4-moddasiga asosan 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

        Aliment to’lashdan kasddan bo’yin tovlash bu nafaqat ma'muriy huquqbuzarlik, balki jinoiy javobgarlikka tortilishigacha bo’lgan harakatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

        Aliment to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirish, bu har bir qarzdor shaxsning burchi hisoblanadi!

                  MIB So’x tumani bo’limi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram