Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 242 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA MASSIVIDA MEMBRANA HOVUZI QURILISHI BOSHLAB YUBORILDI

×

 2022-10-10 17:06:31    89

PDF yuklash
Chop etish


Aytish lozim, tumanimizda qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlardan samarali foydalanish, ularni fuqarolarga biriktirish orqali har bir oilani tadbirkorlikka yo’naltirish, pirovardida, fuqarolarimizga daromad manbai yaratish bo’yicha amaliy ishlar olib borilayotir. Qal'acha mahallasida joylashgan Javpaya massividagi ishlar mana shunday amaliy ishlarning debochasi sifatida tumanimiz tarixida yozilajak.

Darhaqiqat, bevosita Farg’ona viloyati hokimi tashabbusi asosida boshlangan mazkur ezgu ish bugun barcha tuman ahlining chinakamiga havasini keltirmoqda. Javpayada barpo etilgan issiqxonalar, olingan birinchi daromad issiqxonalar egalariga o’ziga xos motivatsiya bergan bo’lsa, bo’sh turgan ochiq yerlarni ekishga tayyorlash ishlari esa, fuqarolarimiz ko’ngillarida yerga egalik qilish va undan daromad olish havasini uyg’otmoqda.

Rejaga asosan bugun Javpaya massivida anor plantatsiyasi tashkil etish ishlari jadallik bilan olib borilayotir. Bu ezgu ishga biriktirilgan mutasaddi va mutaxassislarning astoydil va sidqidildan qilinayotgan ishlari tumanimiz fuqarolari manfaatiga xizmat qilishini bilamiz va bunga ishonamiz.

Mutaxassislarga ko’ra, bugun viloyatdan safarbar etilgan maxsus texnikalar yordamida mazkur hududdagi 230 gektar yer maydoni hududida amaliy ishlar olib borilyapti. Ularning so’zlariga ko’ra, mazkur hajmdagi yer maydoni anor plantatsiyasi tashkil etish uchun qulay hisoblanadi va mazkur tayyorlanayotgan hududdagi ziroat suv tejovchi texnologiyalar yordamida sug’oriladi.

Bu hududda anor plantatsiyasidan tashqari, kavrak va namatak yetishtirish ham yo’lga qo’yiladi. Bir so’z bilan aytganda Javpaya massivi to’liq o’zlashtirilib, fuqarolarimizga beriladi. Ayni kunda mazkur hududda membrana hovuzi barpo etish ishlari boshlab yuborildi. Mazkur hovuzning hajmi 80x60 metr bo’lib, Javpaya massivining “obi hayot” manbai hisoblanadi va tomchilatib sug’orish tizimi ham mazkur inshoot orqali yo’lga qo’yiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram