Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 237 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NURONIYLAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

×

 2022-10-06 18:31:02    161

PDF yuklash
Chop etish


        Respublikamizda o’tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida So’x tumanida ham turli tadbir va uchrashuvlar tashkillab, o’tkazilmoqda. Bunda mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining hissalari beqiyos. 

        So’x tumani xalq ta'limi bo’limiga qarashli 7-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida nafaqadagi faxriy o’qituvchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat ko’rsatgan huquqshunos hamda jamoatchilik orasida hurmatga ega bo’lgan nuroniylar ishtirokida “Nuroniy va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi.

        Tadbirda so’z olganlar eng avvalo, Respublikamizda yoshlarga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, bunday e'tiborga javoban bizning yoshlarimiz faqat o’qib ta'lim olish, izlanib, Vatanning koriga yaraydigan insonlar bo’lib yetishlari lozimligini ta'kidladilar. Shuningdek, tadbirda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatchilik, ularning turli yot g’oyalar ta'siriga tushib qolayotgani, kelajakda ma'lum bir kasbni egallab o’z hayot yo’lida muvafaqiyatga erishishlari to’g’risida so’z bordi.

        - Uchrashuv jarayonida maktabda olib borilayotgan ishlar ham ko’zdan kechirildi. Nuroniylarimiz darsga kirib, yoshlar bilan so’hbatlashib ularga foydali maslahat berib, ularga duo-fotiha ulashishdi, - deydi o’z xabarida mahalla yoshlar yetakchisi Dilyob Domulloyev.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram