Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 230 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUDOM E'ZOZDASIZ MEHRI DARYO USTOZLAR!

×

 2022-10-02 11:10:52    98

PDF yuklash
Chop etish


         O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini ma'muriyati uzoq yillar ta'lim sohasida ishlagan keksa pedagoglar holidan xabar olib, ustozlarni bayram bilan samimiy qutlab, ularni duolarini olib, Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini ma'muriyatining esdalik sovg’alarini topshirishdi.

Mahalla raisi Subhonali Nishonovning so’zlariga ko’ra, mahallada yuz bilan yuzlashgan, ayni kunda qarilik gashtini surayotgan ustozlar holidan xabar olish bugungi kunning fuqarolari uchun ham qarz, ham farzdir, ayniqsa, rahbarlik vazifasida ishlayotgan xodimlar, mahalla mutasaddilari uchun. Sovg’alarni qabul qilib olgan ustozlar qo’llarini ochib, samimiy so’z va ezgu tilaklar bilan mahalla mutasaddilarini duo qildilar.    

Deydilar, dunyoda asli kim aziz,

Aytdilar ustozdir, ustoz begumon,

Tag’in aytdilarki, aziz shubhasiz,

Ustozlar qadriga yetolgan inson.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram