Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 175 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSH VOLEYBOLCHILAR G’OLIBLIK UCHUN MAYDONGA CHIQDILAR

×

 2022-09-14 17:12:57    87

PDF yuklash
Chop etish


“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalallardagi yosh sportchilar turli sohalarda o’zaro kuch sinashmoqda. Stol tennisi, shashka va shaxmatdan so’ng maydonda yosh voleybolchilar bellashmoqdalar.  

Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Hayitboy Hasanovning ma'lumot berishicha, bugun mahallaning 4-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi sport majmuasida mahalla yoshlari o’rtasidagi voleybol musobaqalariga start berildi. G’olib bo’lgan mahalla jamoalari sektor bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.

Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Parviz Azizovning bizga yuborgan ma'lumotlarga ko’ra, mazkur mahallada ham uyushmagan yoshlar o’rtasida besh bosqichli olimpiada o’yinlarining biri – voleybol musobaqasining mahalla bosqichi bo’lib o’tdi.

Yoshlar yetaksining ma'lumotiga ko’ra mahalla yoshlari asosan 4 - yosh toifasi bo’yicha kuch sinadilar. 11-15, 16-21, 22-26, 27-30-yoshli yosh sportchilar o’rtasidagi eng iqtidorlilari navbatdagi bosqichga yo’l oldidar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram