Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 224 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA BOSHOQLI DON EKISH ISHLARI BOSHLANDI VA USHBU MAQSADDA SEMINAR BO’LIB O’TDI

×

 2022-09-12 15:11:43    85

PDF yuklash
Chop etish


        Tumanimizda 2023 qishloq xo’jaligi yili uchun boshoqli don ekish ishlari boshlab yuborildi. Birinchilardan bo’lib, tumaning “Ozod” shirkat xo’jaligi mirishkorlari bu ishga bel bog’lashdi. G’alla ekish ishlarini boshlash uchun tumanning G’aznov mahallasida seminar tashkil etildi. Mazkur seminar ishida tuman shirkat xo’jaliklari raislari, hamkor tashkilotlar vakillari va fermerlar ishtirok etdilar.

        Seminar avvalida tuman hokimining qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekov tadbir ishtirokchilariga qishloq xo’jaligi sohasidagi yangiliklar haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, seminar ishtirokchilariga g’allakorlar oldiga qo’yiladigan yangi talabotlar haqida ham ma'lumotlar yetkazildi. Ta'kidlandiki, 2023 yildan boshlab barcha g’alla parvarishiga shug’ullanadigan dehqonlarga yangi tartib va qoidalar joriy etiladi. Yangi qishloq xo’djaligi yilidan boshlab, tarkibida begona o’tlar mavjud bo’lgan g’alla qabul qilinmaydi. Shuning uchun barcha soha vakillari ushbu talabotga qat'iy rioya etishlari lozim bo’ladi. Don sifatiga alohida e'tibor berish kerakligi ta'kidlab o’tildi.

        Tuman hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning ma'lumotiga ko’ra, oktyabr oyning 10-sanasigacha ekilgan g’alladan ko’ngildagi hosilni olish mumkin ekan. Tumanimizda g’allaning yangi “Super elita” navi tayyorlab qo’yilgan va barcha xo’jaliklarga yetkazib berilgan.

        Nuroniy otaxonlar tomonidan yangi qishloq xo’jaligining unumdorligi niyatida duolar qilindi. Birinchi g’alla ururg’lari yerga tushdi, yangi 2023 qishloq xo’jaligi uchun tamal toshi qo’yildi.

        Tumanimizda 2023 yil hosili uchun 500 gektarga g’alla ekish rejalashtirilgan. Umid qilamiz kim, So’xlik mirishkorlar o’z an'analariga sodiq qolib, yangi 2023 yilgi g’alla hosilini ham nest-nobud qilmasdan yig’ishtirib oladilar va rejani ham ortig’i bilan bajarishga erishadilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram