Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KICHIK TADBIRKORLARGA MOLIYAVIY YORDAM KO’RSATILADI

×

 2022-08-22 10:08:49    119

PDF yuklash
Chop etish


“Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident farmoni (PF–150-son, 09.06.2022 y.) qabul qilingan.

⚡️Farmonga ko’ra, 2022 yil 1 iyuldan “Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash” davlat jamg’armasi tomonidan kichik tadbirkorlar loyihalariga banklarning 5 mlrd so’mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari bo’yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko’p bo’lmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.

⚡️Jamg’arma tomonidan tijorat banklari kreditlariga kafillik:

-kichik tadbirkorlik sub'ektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so’mdan oshmagan miqdorda;

-2025 yil 1 yanvargacha olis va borish qiyin bo’lgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko’maklashish uchun mahallalarga biriktirilgan yetakchi kichik tadbirkorlik sub'ektlariga, bundan tashqari, kasanachilikni rivojlantirish bo’yicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so’mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.

⚡️Jamg’arma tomonidan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga kompensatsiya va kafillik banklarning faqat milliy valyutadagi kredit va lizinglari uchun beriladi.

⚡️Moliyaviy yordamlar bitta tadbirkorning faqat bitta loyihasiga tatbiq etiladi hamda tadbirkor shartnoma amal qilgan kredit bo’yicha qarzdorlik to’liq qaytarilganda, moliyaviy yordam olish uchun jamg’armaga takroran murojaat qilishga haqli bo’ladi.

⚡️Majburiy ijro byurosi So’x tuman bo’limi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram