Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SARIKANDA MAHALLASIDA HAM OBODONLASHTIRISH ISHLARIDAN MAHALLA AHLI MAMNUN  

×

 2022-08-18 18:39:17    80

PDF yuklash
Chop etish



Inson qadri ulug’langan yurtda har kuni bayram, har kuni tantana. Davlatimiz rahbari e'tibori doirasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlardan xalqimiz minnatdor va mamnun. Islohotlar samarasidan xursand xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli. Chunki qisqa muddat davomida ancha-muncha muammo va kamchiliklar o’z yechimini topdi. Harakatlar va intilishlar samarasi o’laroq, albatta, boshqa kamchiliklar va muammolarimiz ham bartaraf etiladi. Buning uchun ishonch va albatta, sabr kerak.

Eng ulug’ va eng aziz bayramimiz arafasida tumanimiz uzra yangi inshootlar, binolar, markazlar, yangi qiyofa kasb etgan ko’chalar foydalanishga topshirilmoqda. Bugun Sarikanda mahallasidagi Abdurauf Fitrat ko’chasida yashaydigan insonlarning kayfiyati o’zgacha. Bu mahallada ushbu ko’cha to’liq ta'mirlandi. Davlatimiz byudjetidan yo’naltirilgan salkam 250 million so’m evaziga qariyb 500 metrdagi masofa betonlashtirildi.

Taqdimot marosimida ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha Sarikandaliklarni ushbu quvonchli kun bilan tabrikladi va bunday ishlar tumanimiz uzra muntazam davom etishini ta'kidladi. Taqdimot marosimida tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar ishtirok etishdi.

Bir piyola choy ustida boshlangan tantana bayram tantanasiga ulandi va mahalladoshlar kechgacha bayram qilishdi.

Ha, kundan kunga chiroy ochib borayotgan yurtga mana shunday to’ylar va tantanalar yarashadi. Mana shunday tantana va shodiyonalarimiz bardavom bo’lsin!

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram