Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 115 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADA BUGUNDAN KUZ-QISH MAVSUMIGA HOZIRLIK KO’RILMOQDA

×

 2022-08-17 09:37:33    83

PDF yuklash
Chop etish


        Mana bir necha kundirki, 2-sektor hududidagi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida kuz-qish mavsumiga hozirlik ko’rish, tabiiy gaz ta'minotidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida hashar tashkil etilib, davom etmoqda. Hazrati Ali mahallasi raisi Subhonli Nishonov tashabbusi bilan boshlangan bu ezgu amallarda barcha mahalla ahli, ayniqsa, yoshlar faollik bilan ishtirok etishyapti.

        - Maqsadimiz aholiga kuz-qish mavsumida muammolarsiz tabiiy gaz yetkazib berishdan iborat va yana bir muhim jihati shundan iboratki, har birimiz ushbu ne'mat qadriga yetishimiz lozim, to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishimiz kerak. Tashkil etilgan hasharda va texnikalarni jalb etilishida bizga tumanimiz prokurori, 2-sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov amaliy kumak ko’rsatishdi. Buning uchun sektor rahbari va barcha mahalla fidoyilariga samimiy minnatdorchilik bildiraman, - deydi mahalla raisi.

        Tuman gazlashtirish idorasi ishchi-xodimlari tomonidan tabiiy gaz quvurlaridagi nosozliklar ta'mirlanmoqda. Shuningdek, gaz quvurlarini tozalash ishlari olib borilib, bu ishlarda soha mutaxassislariga hasharchilar yaqindan kumak berishayotir.   

        Ha, bugun halqimiz istiqlolimizning 31-yillik to’yi arafasida mana shunday xayrli ishlarda faollik ko’rsatishmoqda. Zotan, ahiliik bor joyda rivojlanish va taraqqiyot bo’lishi ayni haqiqat.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram