Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 136 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"Mahallabay" tizimi bo'yicha Devayron mahallasida o'rganishlar olib borildi

×

 2022-07-25 16:04:21    83

PDF yuklash
Chop etish


"Mahallabay" tizimi bo'yicha Devayron mahallasida o'rganishlar olib borildi

         Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi ishchi guruh 1-sektor hududidagi Devayron mahallasida bo'lishdi. Uyma uy yurish orqali hududdagi muassasalar va aholi muammolari atroflicha o'rganildi.

         Aytish lozimki, Devayron mahalla fuqarolar yig'ini hududida ham keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi. Hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi fa'oliyatiga baho berib, aynan xalqni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni o'rganish va ularga zaruriy yechim topish yuzasidan mahalla raisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika ispektori bilan hamkorlikda ish olib borish bo'yicha tuman hokimi kerakli ko'rsatmalar berdi.

         Aytish lozimki, amalga oshirilayotgan yangilanishlar qatorida mahalalda o'z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar ham bor. Tuman hokimi mutasaddi idoralar vakillari bilan mahalladagi 15-sonli davlat MTTda bo'lishdi va ushbu muassasada olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirishdi. Suv toshqini oqibatida zarar ko'rgan muassasani tabiiy ofatlardan saqlash va himoyalash bo'yicha olib borilgan ishlar tahlil etildi va bunday ishlarni jadallashtirish bo'yicha amaliy ishlar olib borish uchun tegishli idoralar rahbarlariga ko'rsatmalar berildi.

         Mahalladagi kam ta'minlangan, ijtimoiy kumakka muhtoj fuqarolar, nogironligi bor shaxslar va tibbiy yordamga ehtiyojmand fuqarolar holidan manzilli xabar olindi. Ikki nafar fuqaroga tibbiyot amaliyoti o'tkazish va davolanishga sarflanadigan mablag' hokimlik tomonidan amalga oshirilishi ta'kidlandi.

         Mahallada bugun ham obodonlashtirish ishlari keng quloch yoygan. Bu ishda tadbirkorlar o'zlarining cheksiz hissalarini qo'shmoqda.

         "Happy kids academy" oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari, "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Shabnam Adhambekova sa'y-harakati bilan bugun ushbu muassasaga yangi bino qurilmoqda. Qurilish ishlarini ko'zdan kechirgan tuman hokimi tadbirkorga omadlar tiladi.

         Mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ham "Mahallabay" tizimi orqali o'rganildi. Aholi muammolarini o'rganish va ularga amaliy yechim topish yuzasidan mana shunday amaliy ishlarni muntazam o'tkazilishi qayd etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati