Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KORRUPTSIYaGA QARShIMIZ

×

 2022-07-21 15:55:25    71

PDF yuklash
Chop etish


KORRUPTSIYaGA QARShIMIZ

         Bugungi kunda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish va unga sharoit yaratib beruvchi holatlarni bartaraf etishga ulkan e'tibor berilganligi mamlakatimizda korruptsiya hali ham jamiyat hayotining qismi sifatida mavjudligini ko'rsatadi.  Davlatdagi barcha huquqni muhofaza etuvchi organlar tarkibida korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha alohida tuzilmalar tashkil etilib, “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan.

         Korruptsiya ismli mazkur illat bartaraf etish bo'yicha jahon ham jamiyati tomonidan yuqoridagi kabi qonunlar va bir qator samarali ishlar amalga oshirilgan bo'lsada, lekin hanuzgacha uni bartaraf etishni imkoniyati yo'q.

         Xususan, korruptsiyaga unga beriladigan jazoni og'irlashtirish orqali kurashish samarali yo'l emasligini, jazolash funktsiyasi orqali korrutsiyani yo'qotib bo'lmasligini chet el davlatlar qonunchiligi misolida ham ko'rishimiz mumkin. Xususan, Xitoy halq demokratik respublikasida korrutsion holatga yo'l qo'ygan mansabdor shaxslar muqarrar jazo o'lim jazosiga hukm qilinsada, korruptsiya holatlar haligacha uchrab turibdi.

         Halqimizda bir naql bor - “kasalni davolagandan uni oldini olgan avzal”. Xo'sh, men bu bilan nima demoqchiman. Biz korrutsiyaga emas, korrutsiyaga shart-sharoit yaratib berayotgan holatlarga qarshi kurashishimiz va aholi savodxonligini oshirish orqali korruptsiyaga qarshi kurashishni uzoq muddati va samarali mexanizmi yaratishimiz mumkin. Bu mehanizmni ishlashi davlat organlarini ichki va tashqi nazorat tartibidagi nazorat tizimi kengaytirish bilangina cheklanmasdan xalq nazoratini ham kuchaytirish muxim rolь o'ynaydi. Halq nazoratini ommaviy axborot vositalariga erkinlik berish yo'li bilan amalga oshirishimiz mumkin.

         Korruptsiyaga qo'yidagi holatlar shart-sharoit yaratib berishi mumkin:

•        Aholini davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;

•        Davlat sektorida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilarini daromadlarini xususiy sektorga topish mumkin bo'lgan daromadlardan kamligi;

•        Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi;

•        Mamlakat yuqori boshqaruv olganlarining aholidan uzilib qolganligi;

•        Inflyatsiyaning yuqori darajasi;

•        Mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari. 

Bugungi kunda mamlakatimizda uchrayotgan korruptsiya holatlari mansabdor shaxslar yoki pora taklif qilayotgan shaxslarning huquqiy ongi pastligidan kelib chiqayotganligi yo'q, ular korruptsiya va pora berish oqibatlari haqida bila turib mazkur jinoyatga qo'l urishmoqda.

         Xulosa o'rnida shuni aytish darkorki, biz jamiyatni korruptsiyaga nisbatan dunyoqarashini o'zgartirish orqali aholi savodxonligini oshirishimiz va korruptsiyaga shart-sharoit yaratib berayotgan holatlarni bartaraf qilishimiz lozim.

 

 

 

                   Sherzod Madumarov, jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman

                                                         sudining raisi