Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yoz o'tmoqda soz

×

 2022-07-07 18:32:47    122

PDF yuklash
Chop etish


Yoz o'tmoqda soz

         Bolalar yozgi ta'til davrini mazmunli o'tkazish maqsadida tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi ma'muriyati tomonidan turli tadbirlar tashkillanib, o'tkazilmoqda. Bolalar yozgi sog'lomlashtirish oromgohida o'tkazilgan tadbir ham barcha ishtirkochilar qalbida katta taassurot qoldirdi.

         So'x tuman xalq ta'limi xodimlari kasaba uyushmalari va tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi bilan hamkorlikda o'tkazilgan tadbir ham bolajonlarga katta zavq bag'ishladi.

         Tadbirda dastlab, “Barkamol avlod” bolalar maktabi o'quvchilari ishtirokchilar diqqatiga o'zlari yasagan asbob-dastgoh va turli ko'rinishdagi o'yinchoqlarni namoyishga qo'yishdi va tashkil etilgan ko'rgazma orqali tomoshabinlar tumanning yosh ixtirochilari mahoratidan bahramand bo'ldilar.

         Mazkur bolalar maktabi to'garak rahbarlari ishtirokida trening, master klass, mahorat darslari, ijodiy ishlar ko'rgazmasi tashkillab o'tkazildi.

         Shuningdek, tadbir davomida “Iqtidorli” va “Hunarmand” to'garak a'zolari oromgohdagi barcha o'quvchilarga tayorlangan ijodiy ishlarini amaliy tarzda bevosita yasab ko'rsatib berdilar.

         Ta'til mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan ham bolajonlarga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi. Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong'in xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ham tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi.

         O'tkazilgan profilaktik tadbir davomida bolajonlar uchun yong'in-qutqaruv faoliyatida foydalaniladigan maxsus texnika va vositalar namoyishi o'tkazildi. Shundan so'ng, yong'in sodir bo'lganda xonani tark etish usullari ajoyib o'yin tarzida o'rgatildi.

         Cho'kish bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida ham tushuntirish ishlari olib borilib, cho'kayotgan insonni qutqarish va unga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish usullari amalda bajarib ko'rsatib berildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati