Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 116 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xotin-qizlar faollarining asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan tadbir o'tkazildi

×

 2022-07-02 15:12:40    162

PDF yuklash
Chop etish


Xotin-qizlar faollarining asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan tadbir o'tkazildi

         Xotin-qizlar mavqeini jamiyatda mustahkamlash, Respublikamizning barcha jabhalarida xotin-qizlar va ayollar ishtirokini ta'minlashga qaratilgan ishlar mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda namoyon bo'lmoqda. Davlatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi o'zgarishlarda xotin-qizlarning o'rni ham ularning faoliyati tufayli ko'zga ko'rinayotir. Mahallalarda ish boshlagan xotin-qizlar faolllari faoliyati  ham ayni ayollarimizning jamiyatda o'z mavqelarini mustahkamlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

         Aytish lozimki, xotin-qizlar faollari faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha bugun amaliy ishlar qilinmoqda. So'x tumani hokimligida o'tkazilgan ochiq muloqot ham shu masalaga bag'ishlandi va unda So'x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, sektorlar rahbarlari, Respublika Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisining o'rinbosari Ra'no Turdiboyeva, Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Kamila Kavlanovalar ishtirok etdi.

         Tadbirni ochib bergan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev masala yuzasidan ma'lumot berdi va so'zlari davomida tumanda tashkil etilgan oila va xotin-qizlar bo'limi faoliyati xususida to'xtaldi.

         Ochiq muloqot davomida so'z olgan Respublika Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisining o'rinbosari Ra'no Turdiboyeva mazkur sohani rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan Farmonlarda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar, xotin-qizlar faollari tomonidan oilalar va xotin-qizlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib borish, ommaviy sport tadbirlarini o'tkazish, jamoatchilik tuzilmalari ishini samarali tashkil etish,  xotin-qizlar faollarining ish faoliyatidagi uchrayotgan muammo va takliflarini eshitish hamda ko'tarilgan masalalarni hal etish bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi.

         Shuningdek, Oila va  xotin-qizlar qo'mitasi raisining o'rinbosari Prezidentimizning joriy yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-87-son Farmonida xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish, xotin-qizlar o'rtasida ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish bo'yicha muayyan tadbirlar belgilanganligi, muddatlari va mas'ullar aniq ko'rsatilganligiga alohida e'tibor qaratdi.

         Ra'no Turdiboyeva So'x tumanida faoliyat boshlagan xotin-qizlar faolllari va umuman tuman oila va xotin-qizlar faoliyati o'rganilgani va o'rganish natijalari xulosalari haqida gapirib, ushbu yo'nalishda yanada samaraliroq ishlash yuzasidan o'zining fikr-mulohazalarini bildirdi.

         Shu bilan birga, xotin-qizlar bilan bog'liq hamda oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi holatlar, ularni oldini olish borasida mutasaddi tashkilotlarning o'zaro hamkorligini hamda xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari va xotin-qizlar faollarining asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari, shu jumladan xotin-qizlar faollari tomonidan ijtimoiy xizmatlarni mahallada tashkil etish chora-tadbirlari xususida alohida to'xtalib o'tildi.

         Ochiq muloqot davomida ishtirokchilarning masalaga oid bergan savollariga mutasaddilar javobberdilar. Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarni samarali tashkil etish va tizimda yuqori natijalarga erishishga oid tavsiyalarga amal etishga doir kerakli ko'rsatmalar berildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati