Mamlakatimiz hayotidagi siyosiy islohotlarda faol qatnashaylik
2022-06-30 18:57:55 112
Mamlakatimiz hayotidagi siyosiy islohotlarda faol qatnashaylik
Bugungi kunda Prezidentimiz belgilab bergan "Inson qadri uchun" tamoyilini amalga tatbiq etish bo'yicha mamlakatimizda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilib, ushbu islohotlar jarayonida fuqarolarimizning faol ishtirokini ko'ramiz. Zotan, inson qadrini ulug'lash, inson manfaatini yuksaltirishga qaratilgan islohotlarning asosiy ishtirokchisi O'zbekiston Respublikasi fuqarolaridirlar.
Respublikamizda Asosiy Qomusimiz - Konstitutsiyamizga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishga qaratilgan amaliy ishlar tashkil etilayotgan turli tadbirlar, uchrashuvlar, davra so'hbatlari va ochiq muloqotlarda qizg'in kechmoqda.
G'aznov mahallasida bo'lib o'tgan tadbir 1-sektor hududidagi mahallalar fuqarolarini Sulton Mahmud ziyoratgohiga yetakladi.
O'Zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon G'aniyev va tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha ishtirokchilarga mavzuga oid kerakli ma'lumotlar haqida gapirdi. Tadbir ishtirokchilariga Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish jarayonida So'x tumani fuqarolari ham faollik bilan ishtirok etayotganliklari alohida ta'kidlandi.
O'tkazilgan mazkur tadbir davomida ishtirokchilar ham fikr-mulohazalarini bildirib, masala yuzasidan o'z savollariga Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatidan javoblar oldilar.
Tumanimizda mavzuga oid targ'ibot ishlari davom etyapti.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati