Konstitutsiyaviy islohotlarimizning bosh maqsadi-inson qadri, halq manfaatini amalda ta'minlashdir
2022-06-30 18:49:08 114
Konstitutsiyaviy islohotlarimizning bosh maqsadi-inson qadri, halq manfaatini amalda ta'minlashdir
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2022 yil 20 iyun Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari bilan uchrashib, nutq so'zlab unda islohotlarimiz bosh tamoyili “INSON-JAMIYaT-DAVLAT” degan yondoshuvni Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga chuqur singdirib amaliy xayotimizda bosh qadriyatga aylantirish zarurligi, ya'ni insonning qadr-qimmati, sha'ni va g'ururi birinchi o'rinda turishi kerakligini bildirib Konstitutsiyaviy ilohotlarning yunalishlari to'g'risida to'xtalib o'tdi.
Ayni kunda Respublikamizning barcha hududlarida Bosh Qomusimiz – Konstitutsiyamizga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha keng qamrovli targ'ibot ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirlarda siyosatchilar, tarixchilar, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar ishtirok etib, fuqarolarga Konstitutsiyaga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilishining sabablari va omillari, mezonlari, mazmun-mohiyati, nimaga asoslanib o'zgartirishlar kiritilayotgani yuzasidan ma'lumotlar berishmoqda.
Konstitutsiyaga o'zgartish va qo'shimchlar kiritilishi inson qadri-qimmati va uning manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotgani o'tkazilayotgan tadbirlarda asoslanib yetkazilyapti va barcha tadbirlar fuqarolarimizning faol ishtirokida bo'lib o'tayotir.
Tuman ichki ishlar bo'limi, moliya bo'limi va Xalq deputatlari So'x tumani Kengashi kotibiyatida bo'lib o'tgan ochiq muloqotlarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon G'aniyev ishtirok etib, barcha ichki ishlar shaxsiy tarkibi, iqtisodchilar va xalq vakillariga mazkur masala yuzasidan axborot berdi.
Ishtirokchilarga Prezidentimiz tomonidan mazkur yo'nalishda belgilab bergan to'rtta asosiy yo'nalish haqida ma'lumotlar berilib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining ishlab chiqilishi va umumxalq muhokamasiga qo'yilishi yuzasidan ham gapirildi.
Mazkur dolzarb masala yuzasidan tumanimizaning barcha mahalla fuqarolar yig'inlarida ham targ'ibot ishlari olib boriladi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati