Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Bosh Qomusimizga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish jarayonida so'xliklar ham faollik bilan ishtirok etishyapti

×

 2022-06-30 18:44:57    111

PDF yuklash
Chop etish


Bosh Qomusimizga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish jarayonida so'xliklar ham faollik bilan ishtirok etishyapti

         Ayni kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida bo'lgani kabi So'x tumanida ham «O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi yuzasidan keng ko'lamli targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

         O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon G'aniyev qatnashgan navbatdagi tadbirda tumandagi ijtimoiy sohada faoliyat olib borayotgan vakillar ishtirok etdi. Tadbirda shuningdek, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi va tadbirni ochib berib, so'zni deputat Ahmadjon G'aniyevga berdi.

         Deputat o'z so'zida Respublikamizda inson qadrini ulug'lashga qaratilgan islohotlar haqida gapirib, Konstitutsiyaga o'zgartish kiritishning negizida ana shunday ezgu maqsad mujassam ekanligini ta'kidladi. Respublikada olib borilayotgan islohotlarda fuqarolarning ishtiroki huquqiy kafolatlangan va ushbu siyosiy jarayondagi fuqarolarning faol ishtiroki va takliflari albatta hisobga olinadi.

         Deputat o'z so'zida shuningdek, an'anaviy pochta, bosma matbuot nashrlari, televideniye va radio orqali ham takliflar qabul qilinganini qayd etdi.  Joylarda mahalla fuqarolar yig'inlari hamda xalq deputatlari Kengashlari ham aholining takliflarini og'zaki yoki yozma shaklda qabul qilishda faollik ko'rsatmoqda.

         Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish binosida maxsus xona ajratilib, fuqarolar o'z takliflarini Konstitutsiyaviy komissiyaga to'g'ridan-to'g'ri taqdim etishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi.

         Bundan tashqari, aholining konstitutsiyaviy islohotlar jarayonidagi faolligini yanada oshirish maqsadida mobilь aloqa kompaniyalari orqali mamlakatimiz fuqarolariga Konstitutsiyaga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yuzasidan o'z takliflarini Konstitutsiyaviy komissiyaning barcha platformalariga yuborish mumkinligi to'g'risida 30 milliondan ortiq abonentga 3 marta eslatma tariqasidagi SMS-xabarnomalar yuborildi.

         Mazkur jarayonga bag'ishlangan tadbirlar tumanning barcha hududlarida o'tkaziladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati