Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamalari Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati ishtirokida

×

 2022-06-30 18:39:33    121

PDF yuklash
Chop etish


Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamalari Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati ishtirokida

         Barchamizga ma'lumki, Respublikamizda 25 iyundan boshlab 5 iyulь kuniga qadar “O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga start berildi va ayni kunda mazkur masalaga bag'ishlab keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilyapti.

         Bu yo'nalishda So'x tumanining barcha hududlarida ham yig'ilishlar, davra so'hbatlari, uchrashuvlar, ochiq muloqotlar tashkil etilib o'tkazilmoqda.

         Tuman hokimligida bo'lib o'tgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon G'aniyev ishtirok etdi va masala yuzasidan barcha ishtirokchilarga ma'ro'za qildi. Tadbirda tuman hokimi o'rinborsarlari, hokimlik xodimlari, korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahalla fuqarorlar yig'inlari mutasaddilari qatnashdi.

         Respublikamizning boshqa hududlari kabi So'xliklar ham ushbu jarayonda faol ishtirok etayotganliklarini ta'kidlagan Ahmadjon G'aniyev, mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamalari Kostitutsiyaviy komissiya tomonidan o'rganib chiqiladi va Konstitutsiyaviy komissiya huzuridagi yig'ma axborot-tahlil guruhi, takliflar bilan ishlash guruhi faoliyati izchil yo'lga qo'yilib, ular tomonidan 24/7 rejimida tunu kun ish olib boriladi.

         Aniq maqsadga yo'naltirilgan o'ziga xos institutsional mexanizm yaratilgani ishlarni tizimli ravishda olib borish imkonini berdi.

         Ta'kidlandiki, aholi Konstitutsiyaga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha o'z takliflarini moneliksiz yuborishi uchun barcha qulayliklarni yaratishga ustuvor vazifa sifatida qaraldi. Buning uchun «Mening Konstitutsiyam» onlayn platformasi, «Koll-markaz», elektron pochta, Telegram maxsus boti kabi zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari faoliyati yo'lga qo'yildi.

         Tadbirda deputat tomonidan uchrashuvlar va targ'ibot-tashviqot ishlari davomida konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo'yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar mas'ul qo'mitalarga yetkazilishi ham ko'zda tutilgani ta'kidlandi.

         Davra so'hbat davomida ishtirokchilar masalaga oid o'z mulohazalarini bildirdilar. Berilgan takliflar bo'yicha ham deputat o'z fikrini bildirdi va bunday uchrashuv va davra so'hbatlari tumanning barcha hududlarida o'tkazilishi rejaga kiritilganligi ma'lum qilindi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati