Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 134 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Saxovatpesha insonlar tufayli bir oila yangi xonadon sohibi bo'ldi

×

 2022-06-30 17:59:13    134

PDF yuklash
Chop etish


Saxovatpesha insonlar tufayli bir oila yangi xonadon sohibi bo'ldi

         Avval xabar berganimizdek, Navobod mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi Amirbek Nisoyevlar xonadoni boshpanasiz qolib, “So'x” shirkat xo'jaligi hududidagi dala shiyponlarning birida yashab kelishgan va bu xonadon bevosita tuman sektorlari rahbarlari tomonidan o'rganilib, ularga uy-joy qurib berish uchun kelishib olingan edi. Asosiy muammo uy qurish uchun yer maydoni yo'qligi bo'lgan va bu muammo ham saxovatpesha insonlar tufayli o'z yechimini topdi.

         Navobod mahallasida yashovchi, So'x tumani ichki ishlar bo'limi jamoat xavfsizligi xizmati, jamoat tartibini saqlashni tashkillashtirish bo'limi inspektori Dadaxon Hidoyatov o'zining tasarrufidagi tomorqadan 0,8 sotix yer maydonini ushbu oilaga o'z roziligi bilan bergan.

         So'x tumani hokimligi, tumandagi barcha sektorlar rahbarlari, Malbut mahallasi aholisi va ayniqsa, ichki ishlar bo'limi xodimlarining sa'y-harakatlari va tashabbuslari bilan mazkur oilaga uy-joy qurish bo'yicha ishlar boshlanib ketdi va bir necha oy davomida tashkil etilgan hasharlar tufayli yangi uy Malbut mahallasi hududida qad rostladi.

         - Mazkur xayrli ishlarda bizga mahalla ahli, bevosita tuman hokimi, ichki ishlar bo'limining shaxsiy tarkibi, sektorlar rahbarlari, saxovatpesha insonlar yaqindan yordam berdilar. Yaxshi niyatlar bilan qilingan ezgu ishlar o'z mevasini berdi. Biz barcha bizga yelkadosh va kumakdosh bo'lgan insonlarga samimiy minnatdorlik izhor etamiz, - deydi So'x tuman ichki ishlar bo'limi XPB XKMB katta inspektori, podpolkovnik Shahnoza Shodmonova.

         Navobod mahallasida yangi uy-joylarni o'z egalariga topshirishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda ishtirok etib so'z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mazkur xayrli ishga bel bog'lab, tashabbus ko'rsatgan barcha saxovatpesha insonlarga minnatdorlik bildirib, xonadon egalariga uy-joy kaliti va qimmatbaho sovg'a – televizor taqdim etdi. 

         Bunday sovg'a va e'tibordan mamnun bo'lgan xonadon sohiblari – Amirbek va Sanobarxon Nisoyevlar va ularning uch nafar farzandi – ikki o'g'il va bir nafar qizlari barcha saxovatpesha insonlarga samimiy minnatdorlik izhor etdilar.

         Darhaqiqat, mehr-oqibat, saxovat, yaxshilik, ezgu ishlarda bir bo'lib faoliyat olib borish, ayni insonlarga naf keltirish oliy baxt ekanligi mana shunday xayrixohlik amallarida o'z ifodasini topmoqda. Aytish lozim, inson bor ekan, odamzot farzandi barhayot ekan, odamiylik va ezgu amallar, inchunin saxovat, xayrixohlik, qo'li va yo'li ochiqlik kabi fazilatlar mangu qolajak.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati