Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 128 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Odam savdosi – bu og'ir jinoyat

×

 2022-06-30 15:03:33    97

PDF yuklash
Chop etish


Odam savdosi – bu og'ir jinoyat

         Odam savdosi bu vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to'lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og'dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash (chaqaloqlarni sotish), tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishdir.

         Odam savdosi - kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, o'g'irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste'mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to'lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og'dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka o'xshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson a'zolari yoki to'qimalarini ajratib olishni anglatadi.

         Odam savdosi bilan shug'ullanuvchi shaxs - mustaqil ravishda yoki bir guruh shaxslar tarkibida odam savdosi bilan bog'liq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek o'z harakatlari bilan odam savdosiga ko'maklashadigan, xuddi shuningdek garchi o'z mansab vakolatlariga ko'ra to'sqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart bo'lsa ham odam savdosiga to'sqinlik qilmaydigan yoki qarshi kurashmaydigan mansabdor shaxs.

         Odam savdosi jabrlanuvchilarini savdo qilinganliklari bilan bevosita bog'liq bo'lgan jinoyatlari uchun jazolash mohiyatan ularning qadr qimmatini poymol etishdir.

         O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 6-bobida shaxsning ozodligi, sha'ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar belgilangan bo'lib, mazkur bobning 135-moddasida odam savdosi jinoyati va bunday turdagi jinoyatga nisbatan tayinlanishi lozim bo'lgan jazo turlari va muddatlari belgilangan. 

         Odam savdosi jabrlanuvchilari og'ir jinoyatning ham guvohlaridir.

Jazo sharti to'g'ri, teng va adolatli qo'llanilgan taqdirda, davlatga odam savdosi jabrlanuvchilarining qadr-qimmati va xavfsizligiga nisbatan hurmatni ta'minlagan holda sudlov darajasini oshirishga imkoniyat beradi.

 

                   U.Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi