So'x tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi amalda
2022-06-07 17:05:54 259
So'x tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi amalda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5072-sonli Qaroriga asosan jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni tanlab olish jarayoni So'x tumanida 2022 yil 1-fevraldan 1-aprelgacha bo'lgan muddatda Moliya Vazirligining openbudget.uz axborot portalida o'tkazildi. Tashabbusli byudjet jarayonining 1-bosqichi uchun tuman mahalliy byudjet qushimcha manbalari hisobidan 513.0 mln so'm, byudjet mablag'larining 5 foiz qismi jamg'arma uchun o'tkazilishi hisobiga 2320.7 mln so'm va yil boshiga qoldiq mablag'lari 89.4 mln.so'm, Jami 2923.2 mln so'm mablag'lar shakllantirildi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining openbudget.uz rasmiy veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida 2022 yil “Tashabbusli byudjet” jarayonining 1 bosqichi davomida fuqarolar tomonidan 104 ta takliflar kelib tushgan bo'lib, shundan 40 ta taklif ishchi komissiya tomonidan nizom talablaridan kelib chiqib rad etilgan hamda 64 ta takliflar ovoz berish jarayoniga o'tkazilgan. Tuman Moliya bo'limi tomonidan tuman markazidan olisda joylashgan 8 ta hududlarda yarmarkalar tashkil etildi. “Tashabbusli byudjet” jarayonining 1-bosqichida fuqarolar tomonidan jami 12335 ta ovoz berilgan.
Umumiy hisobda tumanda 2022 yil “Tashabbusli byudjet” 1-bosqichi natijalari bo'yicha jami 2870.0mln so'mlik 5 ta takliflar g'olib deb topilgan. G'oliblarning hududlarida ajratilgan mablag'lar evaziga qurilish ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Hozirgi kunda g'olib bo'lgan Sebzor va Qaqir MFY hududidagi 5.6 km.lik ichki yo'llarni asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari tumandagi 11 son umumta'lim maktabiga yangi yozgi sport maydonchasi qurish, 2 son maktabni va 17 son maktabgacha ta'lim tashkilotini joriy ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan.