SIZ JAVPAYaDA BO'LGANMISIZ?
2022-04-27 10:53:45 251
SIZ JAVPAYaDA BO'LGANMISIZ?
1-sektor binosidagi shtab a'zolari ishtirokida bo'lib o'tgan yig'ilishda shtab rahbari, Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari J.M. Hatamov tomonidan Javpaya massivida bir kunda amalga oshirilgan xayrli amallar sarhisob qilinib, muayyan ishlarga biriktirilgan korxona va tashkilotlar mutasaddilarining ma'lumoti tinglandi. Har bir soha vakili bilan alohida so'hbatlashgan viloyat hokimi o'rinbosari bajarilayotgan ishlarni mas'uliyat bilan amalga oshirish, berilgan ko'rsatma va topshiriqlarni sifatli etib bajarish lozimligini alohida ta'kidladi.
Bugun bevosita viloyat hokimi o'rinbosari 1-sektor mahallalarida bo'lib, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa sektorlar rahbarlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirdi. Tuman soliq inspektsiyasi rahbari F. Turaboyev boshchiligida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.
Rahbarlar bevosita obodonchilik ishlarida namuna ko'rsatib, o'zlari ishtirok etdilar.
Sohibkor mahalla fuqarolar yig'ini hududida xonadonlarning sanitariya va gigiyena holatlari, ko'cha va ariqlar tozaligi, daraxtlarga shakl berilganligi va oqlanganligi, tomarqa yer maydonlari xamda noturar ob'ektlar xududiga ekilgan ekinlar o'rganib chiqildi.
Tul mahalla fuqarolar yig'inida ichki ishlar bo'limi, tibiyot xodimlari, milliy gvardiya, favquloda vaziyatlar bo'limi, hamda davlat xafsizligi xizmati bo'limi ishchi guruhi a'zolari tomonidan "Mahallabay" tizimi asosida ishlar olib borildi. Fuqarolarga yerdan unumli va samarali foydalanish, issiqxona istiqbollari haqida tushuntirishlar berildi.
Bevosita Javpaya massivida bo'lgan viloyat hokimi o'rinbosari J.M. Hatamov tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bilan birgalikda hududga suv tortish ishlarini ko'zdan kechirdi. Javpaya massiviga ayni kunda quvurlar orqali suv tortish ishlari davom etmoqda. Davlatimiz byudjetidan ayni shu maqsad ijobati uchun salkam 22 milliard so'm mablag' yo'naltirilgan.
Shuningdek, elektr energiyasi ta'minotidagi ishlar ham jadallik bilan olib borilyapti. Nur manbai bilan ta'minlash ishlari bugun olib kelingan transformatorning sozlash ishlari bilan davom etdi.
Aytish lozimki, bank xodimlari, qishloq xo'jaligi vakillari va ayniqsa, hokim yordamchilarining ham Javpayada eng mas'uliyatli vazifalari bor. Bu aholini targ'ibot ishlari orqali massivga jalb etish, mehnatning tagi rohat ekanligini amalda isbotlashdan iborat. Allaqachon issiqxona barpo etgan fuqarolarga hokim yordamchilari aholi tassarufidagi maydonlarni namunaviy etib tashkil etish bo'yicha yaqindan yordam berishmoqda.
Xullas, Javpayada yangi hayot nafasi tobora butun hududni egallamoqda. Javpayada yaqin kelajakda yangi yashil ekohudud barpo etishga ishongan mehnatsevar xalqimiz harakat va intilish qo'lini astoydil va mahkam tutib olganlar.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati