Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 198 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YoSh ShAXMATChILAR SEKTOR KESIMIDA BELLAShDI

×

 2022-04-27 10:25:53    101

PDF yuklash
Chop etish


YoSh ShAXMATChILAR SEKTOR KESIMIDA BELLAShDI

         “O'zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi kubogi”ni qo'lga kiritish maqsadida tashkil etilgan 5 bosqichli sportning shaxmat turi bo'yicha musobaqalarning sektor bosqichi bugun tuman kasb-hunar maktabi – 2-sektorning hududiy bo'linmasida bo'lib o'tdi. Tashkil etilgan mazkur musobaqalarga mahalla bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan yosh shaxmatchilar yetib kelishdi.

         - Mahallalar kesimidagi musobaqalarda sektorning jami to'qqizta mahalla fuqarolar yig'inlaridan qariyb 500 nafar yosh shaxmatchilar ishtirok etitshdi. Sektor kesimiga yetib kelgan sportchilarning soni 18 nafarni tashkil etadi, - deydi Yoshlar ishlari Agentligi tuman bo'limi rahbari Isojon Mastonov.

         Ishtirokchilar orasida sportchi qizlarning borligi yoshlarning sohaga bo'lgan shavq va ishtiyoqdan dalolat. Zotan, sportga bo'lgan ishtiyoq insonni kamolotga yetkazadi.

         Sektor kesimidagi g'oliblikni qo'lga kiritigan yosh shaxmatchilar navbatdagi – tuman bosqichiga yo'llanma olishadi. Shaxmat bo'yicha mazkur turnirning keyingi tuman bosqichi 2-7 may kunlari bo'lib o'tadi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati