Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 182 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NURONIYLARIMIZ JAVPAYa MASSIVIDA BO'LIShDI

×

 2022-04-27 10:09:19    117

PDF yuklash
Chop etish


NURONIYLARIMIZ JAVPAYa MASSIVIDA BO'LIShDI

         Ayni kunda Qal'acha mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi Javpaya massivida issiqxonalar majmui barpo etish va qishloq xo'jaligida foydalanmaydigan yerlarni o'zlashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bo'layotgan ishlarga hech kim befarq emas va har bir fuqaro mavzeni bir bor bo'lsada, ko'rishni xohlaydi.

         Bu massivda olib borilayotgan ishlar fuqarolarimiz manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

         - Bizning Qal'acha mahalla fuqarolar yig'inining bir guruh oqsoqollari va nuroniylar bugun bomdod namozidan keyin Javpayaga yo'l olishdi. Bu yerda barpo etilgan issiqxonalar va yetishtirilayotgan sabzavotlarni o'z ko'zlari bilan ko'rishdi.

         Massivni "obi hayot" bilan ta'minlash va elektr energiyasi liniyalarini tortish ishlariga bosh bo'lgan mutasaddilarga hamdu sanolar aytildi. Javpayaning kelajakda aholimiz uchun daromad manbaiga ishongan nuroniylarimiz duoga qo'l ochdilar, - deydi Qal'acha mahalla raisi Fayoziddin Tojiddinov.

         Darhaqiqat, bugun Javpayada keng ko'lamli ishlar olib borilyapti. Darvoqe, aziz vatandosh, Siz ham bir qadam qo'yib, Javpayaga keling. Vatan qudrati va inson manfaati yo'lida qilinayotgan ezgu va xayrli ishlarga yana bir karra amin bo'lasiz.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati