Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 196 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ZAKOVAT”LI VATAN POSBONLARI

×

 2022-04-18 17:04:17    101

PDF yuklash
Chop etish


“ZAKOVAT”LI VATAN POSBONLARI

         “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida o'tkazilayotgan “Ma'naviyat oyligi” Co'x tumani  Ichki ishlar bo'limida katta ko'tarinkilikda tashkil etilmoqda.

         Jumladan, Ma'naviyat va ma'rifat markazining So'x tumani  bo'limi hamda tuman markaziy kutubxonasi bilan hamkorlikda sohaviy xizmat xodimlari o'rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o'yini mana shunday ishlar jumlasidandir.

         Tumanning “Sohil” dam olish maskanida bo'lib o'tgan mazkur musobaqada “Qonun posbonlari”, “Qalqon” va “Gvardiyachilar” jamoalari ishtirok etdi.

         Yakunda “Qonun posbonlari” jamoasi a'zolari har tomonlama bilimdon ekanligini amalda namoyish etib, birinchi o'rinni egalladi.

         G'olib jamoa va eng faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar, esdalik va qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Mazkur tanlovning barcha korxona-tashkilot va mehnat jamoalarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati