"YoShLAR YuRTNI OBOD QILIShGA ShAY!"
2022-04-11 13:37:28 103
"YoShLAR YuRTNI OBOD QILIShGA ShAY!"
“Uyushqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat!” Sarikandalik yoshlar shu shior ostida birlashdi! Xalqimiz azaldan to'yu tantanalar, ulug' ayyom va shodiyona kunlarni bunyodkorlik, obodonlashtirish, xayru saxovat yo'lidagi ezgu yumushlar bilan kutib olishga odatlangan. Bu kabi ibratli sa'y-harakatlar hamisha umumxalq hashari yo'li bilan, kattayu kichikning ishtirokida amalga oshirilgan.
Uyushqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat ramzi bo'lgan hashar xalqimizning ming yillar osha qadrlanib kelinayotgan azaliy udumlaridan biri sanaladi.
So'x tumani Sarikanda mahallasida "Hashar - elga yarashar" shiori ostida hashar tashkil etildi. Quvonarlisi, mahalla yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan hasharda yoshlar faol ishtirok etishdi.
Hashar davomida qo'shni Saribozorcha va Hazrati Ali mahallaridan oqib o'tib mahallamiz hududiga kirib kelgan ariqni tozalash bilan bog'liq ezgu ishlar amalga oshirildi.
- Ro'za kuniga qaramay bugun hashar davomida ko'p ishlarni amalga oshirgan bo'lsakda, umuman charchoq nimaligini bilishmadi hasharchilarimiz. Ushbu hashar asosan yoshlarni qamrab olgani quvonarli hol. Chunki yoshlarimiz mahalla obodligiga bee'tibor emas. Ular yurtni obod qilishga shay. Ikkita mahalladan oqib keladigan ariqning qolgan joylarini ham tozalashga ertaga ham yoshlarimiz o'z hissalarini qo'shishadi degan umiddaman,- deydi mahalla yoshlar yetakchisi Hayitboy Hasanov.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati