Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TOJIKISTON RESPUBLIKASINING QO'G'IRChOQ TEATRI JAMOASI SO'X TUMANIDA

×

 2022-04-11 13:14:11    149

PDF yuklash
Chop etish


TOJIKISTON RESPUBLIKASINING QO'G'IRChOQ TEATRI JAMOASI SO'X TUMANIDA

         O'Zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi madaniyat vazirligining o'zaro kelishuviga binoan, ikki davlat o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikni yangi bosqichga chiqarish, o'zaro san'at va madaniyat sohasidagi rishtalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan ishlar bugun o'zining samaralarini bermoqda. Viloyatimizda gastrol safarida bo'lib turgan Tojikiston Respulikasining qo'g'irchoq teatri ijodiy jamoasi bugun So'x tumaniga kelishdi.

         So'x tumani aerodromidan tantanali kutib olingan mehmonlar madaniyat markazida So'xlik talabalar uchun Hotam Salimovning “Malikai Sho'x” (“Ozornaya printsessa” - “Sho'x malika”) spektaklini namoyish etishdi. Spektaklь  tojik tilida sahnaga qo'yildi.

         Mehmonlar bilan so'hbat qilgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ikki davlat o'rtasidagi o'zaro do'stlik munosabatlari haqida gapirib, ushbu do'stlik rishtalari ikki mustaqil davlat rahbarlari  - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning o'zaro sa'y-harakatlari va tashabbuslari asosida yangi bosqichga chiqganligi xususida alohida to'xtalib o'tdi.

         Dushanbe shahrining qo'g'irchoq teatri rahbari Nargis Roziqova ham o'z navbatida samimiy mehmondorchilik uchun minnatdorlik bildirib, bugungi uchrashuv yangi rejalarning debochasi ekanligi va kelajakda ushbu hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun astoydil harakat qilish lozimligini ta'kidladi. - Chegaradan o'tib, So'x tumani zaminiga qadam qo'yish biz uchun ulkan baxtdir, chunki do'stlarimga "Men So'xga boryapman" deb yozganimda hech kim ishonmagan edi. "Hamdilӣ az hamzabonӣ behtar ast" deyishadi, ya'ni "Yakdillik va birdamlik barcha narsadan ustundir". Biz bugungi samimiylikdan, mehmondorchilikdan juda-juda xursandmiz. Ayniqsa, tuman hokimining samimiyligi bizni rosa quvontirdi, - deydi teatr rahbari biz bilan so'hbatda.

         Ehtirom ramzi sifatida tojikistonlik mehmonlar So'x tumani hokimiga esdalik sovg'alar - tojik xalqining milliy do'ppisi va teatr ramzi tushirilgan suvenirni taqdim etishdi.

         Teatr truppasi So'x tumanida 10 aprelgacha o'z namoyishlari bilan tomoshabinlar ko'nglini xushnud etishadi.

         Eslatib o'tamiz, ikki davlat vakillarining teatr sohasidagi hamkorligi 2007 yildan boshlangan. "Chodari xayol" ("Xayol chodiri") xalqaro teatrlar festivali doirasida ikki davlat vakillari ishtirokida o'zaro gastrollar tashkil etilgan. Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri ijodkorlari joriy yil mart oyining oxirgi o'n kunligida Dushanbe shahrida mehmon bo'lishgan.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati