Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Korruptsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratining ahamiyati

×

 2022-03-31 21:39:02    148

PDF yuklash
Chop etish


Korruptsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratining ahamiyati

         Korruptsiya bir davlat emas, balki butun bir mintaqa yoki jahon taraqqiyotiga tahdid soluvchi illatdir. Chunki u demokratiya va huquq ustuvorligiga putur yetkazadi, inson huquqlarining buzilishiga olib keladi, iqtisodiyotni izdan chiqaradi, uyushgan jinoyatchilikning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.

         Korruptsiyaga qarshi kurashish ko'p holda uning sabablarini aniqlash va bartaraf  etishdan iborat bo'ladi.

         Korruptsiyaga yo'l ochadigan omillar sirasiga hokimiyat organlari tizimining murakkabligi, buyruqbozlik taomillarining ko'pligini kiritish mumkin. Taqiqlar, ruxsat berish tartiblarining haddan tashqari ko'pligi, davlat xizmatchilarining  manfaatlari yetarlicha himoya qilinmagani ham korruptsiyaga yo'l ochadi.

         Mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida mustahkam huquqiy asos yaratilgan. Xususan, 1997 yili qabul qilingan Milliy xavfsizlik kontseptsiyasida korruptsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdidlardan biri deya e'tirof etildi. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturida ham korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari belgilangan.

         O'zbekiston 2008 yil 7 iyulda BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga (Nyu-york, 2003 yil 31 oktyabrь), 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korruptsiyaga qarshi kurashishning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo'shilgan. Shuningdek, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risida”gi qonun qabul qilingan.

         Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 3 yanvarida “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi qonunni imzoladi. Qonunda korruptsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari belgilangan bo'lib, bular: Bosh prokuratura; Milliy xavfsizlik xizmati; Ichki ishlar vazirligi; Adliya vazirligi; Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentidir.

         Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, korrupiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishda davlat organlari bilan jamoatchilikning mustahkam hamkorligi, xususan, jamoatchilik nazorati talab etiladi.

         Jamoatchilik nazorati davlat organlari faoliyatining qonuniyligini ta'minlash, davlat organlari va mansabdorlari inson xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlovchi qonun hujjatlariga rioya etmagan holatlarni aniqlashga qaratilgan, jamoatchilik nazorati sub'ektlari tomonidan qonun doirasida olib boriladigan chora-tadbirlar majmuidir.

         Korruptsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning maslagiga aylanishi kerak. “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi qonunda ham aholining huquqiy ongini yuksaltirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.

         Korruptsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik institutlariga keng vakolatlar berilgan bo'lsa-da, bu borada hali muammolar ko'p. Misol sifatida:

         - fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan nazoratning o'rnatilmagani;

         - davlat boshqaruvi organlarida korruptsiya darajasining kamaymayotgani;

         - korruptsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari bilan xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi hamkorlikni tashkil etish borasida muammolarning mavjudligi;

         - korruptsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari faoliyatining yetarlicha shaffof emasligini ko'rsatish mumkin.

 

                   N. Jumaboyeva - Jinoyat ishlari bo'yicha

                            Farg'ona tuman sudining yordamchisi

                   N. Ergasheva – arxiv mudiri