Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 184 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Aholini huquqiy savodxonligini oshirish hamda mavjud muammolarni o'rganish va hal etish

×

 2022-03-31 21:27:37    134

PDF yuklash
Chop etish


Aholini huquqiy savodxonligini oshirish hamda mavjud muammolarni o'rganish va hal etish

         O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil 10 yanvarь kuni mamlakatimiz tinchligi va jamoat xavfsizligini ta'minlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tib, videoselektor yig'ilishida bugungi globallashuv davrida yangidan-yangi tahdid va xavf-xatarlar paydo bo'lmoqda, jinoyatlarni sodir etish usul va vositalari, xususiyatlari o'zgarib borayotganligini, shularni hisobga olgan holda, mamlakatimizda keyingi ikki yilda bu borada 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligini, xususan, ichki ishlar tuzilmalari isloh qilinib, “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz xonadon” tizimlari joriy etilganligini  va tunu-kun patrulь xizmati yo'lga qo'yilganligini, bularning samarasida o'tgan yili jinoyatchilik 33 foizga kamayganligini, endi hokimlar ham har kuni o'z hududidagi jinoyatlar bilan bog'liq vaziyatni shaxsan muhokama qilib borishi, shuningdek, joylardagi xalq deputatlari Kengashlari jinoyatlar bilan bog'liq vaziyatni tahlil qilib, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga o'z hissasini qo'shishi kerakligi ta'kidlandi.

         Yig'ilishda huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratilib, bugungi kunda “Mahalla posboni” tuzilmasi rahbari lavozimi o'rniga profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo'yicha yordamchisi lavozimi joriy etilib, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha ularning shaxsiy javobgarligi belgilab qo'yilganligini, huquqbuzarliklarning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish bo'yicha “hududlar tajribasi”ni joriy etish zarurligi ta'kidlanib, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida ichki ishlar organlarida ishlaydigan psixolog-pedagoglar maktabini yaratish, oliy o'quv yurtlarida psixolog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan qayta ko'rib chiqish zarurligi qayd etildi, shuningdek, yig'ilishda aholining mulk daxlsizligini ta'minlash borasidagi vazifalar ham ko'rib chiqilib, endilikda jamoat xavfsizligi va shaxsiy mulk daxlsizligini ta'minlashga Ichki ishlar vazirligi bilan Milliy gvardiya bab-baravar javob berishi ta'kidlanib, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarda huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish jinoyatchilikning oldini olishda muhim omil bo'lishini, lekin huquqiy targ'ibot ko'pincha eskicha usullar, majlisbozlik va yuzaki ma'ruzalardan iborat bo'lib qolayotgani sababli to'la samara bermayotganligi, shu bois Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish kontseptsiyasini o'z vaqtida va samarali amalga oshirish vazifasi topshirildi.

         Yuqorida belgilangan vazifalarni ro'yobga chiqarish uchun, 2019 yil 10 yanvarь kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi Farmoni qabul qilinib, Farmonda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo'yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida:

         Birinchidan, quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilangandi:

         aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish - demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy g'oyani mustahkamlash;

         jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta'lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e'tibor qaratish, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini keng targ'ib qilish;

         yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o'rgatish;

         aholi o'rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo'yicha huquqiy-ma'rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o'rgatish bilan uyg'un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg'ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;

         davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;

         davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ'ibotni amalga oshirish borasidagi o'zaro hamkorligini mustahkamlash;

         jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik printsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yo'lga qo'yish;

         ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta'minlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ'ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qo'llashni kengaytirish;

         yuridik ta'limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;

         jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish.

         Ikkinchidan, “Yuksak huquqiy madaniyat-mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan kontseptual g'oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo'lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi.

         Uchinchidan, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs-oila-mahalla-ta'limmuassasasi-tashkilot-jamiyat” printsipi bo'yicha tizimli va uzviy tashkil etilishi belgilanganligini ta'kidlab, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.

 

 

                  X.Xoliqov - Jinoyat ishlari bo'yicha

                                     Farg'ona tuman sudining sudyasi