Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 217 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O'zgalar mulkini talon-toroj qilganlik uchun javobgarlik asoslari

×

 2022-03-31 16:39:49    538

PDF yuklash
Chop etish


O'zgalar mulkini talon-toroj qilganlik uchun javobgarlik asoslari

         O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.

         Mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, unga qilingan har qanday tajovuz qonunga xilof deb hisoblanadi.

         Talon-toroj qilish o'zgalar mulkini o'z foydasi, boshqa shaxslar foydasiga qonunga xilof tarzda va bepul o'ziga qaratib olishdir.

         Talon-toroj qilish tushunchasi bosqinchilik, talonchilik, o'g'rilik, o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik kabi mulkka qarshi jinoyatlar guruhiga taalluqlidir.

         Talon-toroj qilishning ob'ekti o'zgalar mulkidir.

         O'zbekiston Respublikasi JKning X-bobida nazarda tutilgan “O'zgalar mulkini talon-taroj qilishning” maxsus ob'ekti fuqarolik huquqining mulk huquqi instituti doirasiga kiruvchi shaxsning o'z mulkiga egalik qilishi, undan foydalanishi va tasarruf etishi bilan bog'liq mulkiy munosabatlar hisoblanadi, mulkiy munosabatlar doirasiga shuningdek, mol-mulkni qonunga muvofiq qo'lga kiritish huquqini ham kiritish lozim.

         Talon-toroj qilishning predmeti  bo'lib faqatgina inson mehnati singan va ma'lum iqtisodiy qiymatga ega bo'lgan mol-mulk, narsalar bo'lishi mumkin.

         Ob'ektiv tomondan talon-toroj o'zganing mol-mulkini o'z foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga g'ayriqonuniy ravishda, bepul tortib olishda ifodalanadi.

         Qonunga xiloflik har qanday talon-torojning zaruriy belgisi hisoblanadi.

         Qonunga xiloflik deganda, aybdor shaxs tomonidan bunga hech qanday huquqi bo'lmay turib, o'zganing mol-mulkini tortib olish tushuniladi.

         Talon tarojning mazkur belgisi nafaqat qonun bilan taqiqlangan jinoyat sodir etishning usulini (ob'ektiv huquqqa xiloflikni), shu bilan birga aybdorning mazkur mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqlarini (sub'ektiv huquqqa xiloflilikni) ham mavjud emasligini anglatadi. Shaxs mol-mulkka egalik huquqiga ega bo'la turib, belgilangan tartibni buzib, talon – tarojning biror bir usuli asosida  uni qo'lga kiritgan hollarda ham talon-torojning tarkibi mavjud bo'lmaydi. Yuqorida aytib o'tilgandek, uning harakatlari boshqa jinoyat– o'zboshimchalik (O'zR JK 229-moddasi) deb hisoblanishi mumkin.

         Talon-tarojning ikkinchi zaruriy belgisi haqini to'lamasdan (tekinga olish) olinganligi.

         Mulk, ashyoning haqini to'lamaslik (tekinga olish) talon-toroj qilingan mol-mulk evaziga muayyan ekvivalent bermasdan o'zganing mol-mulkining tortib olinishini bildiradi. 

         Agar shaxs talon-toroj qilish vaqtida talon-toroj qilin¬gan mulk o'rniga talon-toroj qilingan mulk qiymatini, narxini to'liq qoplagan bo'lsa, jinoyat tarkibi mavjud bo'lmaydi. Bu harakatlar natijasida mulkiy zarar yetkazilmaydi.

         Shuni nazarda tutish lozimki, shaxsni o'zganing mulkini ta¬lon-toroj qilishda aybdor deb topish uchun, ushbu mulkni aybdor o'z foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga o'tganligi haqida gu¬vohlik beruvchi muayyan dalillarni aniqlash lozim bo'ladi. Shu¬ning uchun moddiy qimmatliklar kamomadi faktining o'zi, agar uning sabablari tergov va sud tomonidan aniqlanmagan bo'lsa, shaxsni talon-toroj qilishda ayblashga asos bo'la olmaydi.

         O'zganing mulkini talon-toroj qilishning tugallan¬gan vaqti talon-toroj qilishning shakliga bog'liq bo'ladi. Ko'p hollarda talon-toroj qilish aybdor o'zganing mulkini egallagan va ushbu talon-toroj qilingan mulkni o'zining xohishicha haqiqiy tasarruf etish (sotish, almashtirish, yashirish va hokazo) imkoniyati paydo bo'lgan vaqtdan boshlab tugallangan hisobla¬nadi. Shuning uchun, agar aybdor o'zganing mol-mulkini qo'lga ki-ritgan bo'lsa-yu, biroq hali uni o'z mulki sifatida tasarruf etish imkoniyatiga ega bo'lmasa, qilmish talon-toroj qilishga suiqasd tariqasida kvalifikatsiya qilinishi lozim, bu holatda bosqinchilik va tovlamachilik hollari bundan mustasno.

         Sub'ektiv tomondan talon-toroj g'araz maqsadlarda to'g'ri qasd bilan sodir etiladi.

         Jinoyatning sub'ekti o'z harakatlarini noqonuniyligini anglaydi, o'zgalar mulkini tekinga qo'lga kiritishni hohlaydi va istaydi. Bu holatda jinoyat sodir etgan shaxsning talon-taroj qilinayotgan mulkni egasi haqidagi noto'g'ri tasavvuri kvalifikatsiyaga ta'sir qilmaydi.

         G'arazgo'ylik talon-toroj qilishning zaruriy belgisi hisob¬lanib, bu aybdorning o'zi uchun yoki boshqa shaxslar uchun mod¬diy manfaat undirishga bo'lgan urunishi.

         Bu holatda beg'arazgo'ylik maqsadida masalan, o'zganing mulkini kelgusida qaytarib berish maqsadida vaqtincha foydalanish yoki faraz qilingan huquqlar doirasida o'zganing mol-mulkini egallashga qaratilgan ijtimoiy xavfli qilmishlar o'g'rilik yoki talonchilik jinoyati tarkibini tashkil etmaydi. Bunday harakatlar ish holatlariga ko'ra o'zboshimchalik (JK 229-modda) yoki boshqa JKning Maxsus qism moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin.

         Jinoyatning sub'ekti JKning 17-moddasida belgilangan yoshga to'lgan, har qanday aqli raso shaxs hisoblanadi. Jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo'lgan jinoyat sodir etishning yoshi turli shakldagi talon-taroj jinoyatlari uchun bir xil emas.

         O'zbekiston Respublikasi qonunlarida talon-toroj qanday usulda sodir etilganiga qarab uning uchun javobgarlik differentsiatsiya qilingan.

         Jinoyat kodeksida talon-torojning quyidagi shakllari nazarda tutilib, buning uchun javobgarlik asoslari belgilangan:

         1) bosqinchilik (O'zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi);

         2) tovlamachilik (O'zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi);

         3) talonchilik (O'zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi);

         4) o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish (O'zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi);

         5) firibgarlik (O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi);

         6) o'g'irlik (O'zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi).

 

                   X.Xoliqov - Jinoyat ishlari bo'yicha

                                      Farg'ona tuman sudining sudyasi