Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 214 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUL VA SOHIBKORDA NAVRO'Z TANTANALARI

×

 2022-03-26 18:52:14    82

PDF yuklash
Chop etish


TUL VA SOHIBKORDA NAVRO'Z TANTANALARI

         Navro'z shodiyonalari tumanimiz uzra xalqimizning ko'tarinki kayfiyati bilan davom etmoqda. Bugun 1-sektor hududidagi Tul va Sohibkor mahallasi aholisi birgalikda Navro'z shodiyonalarini o'tkazishdi.

         Har ikki mahalla ahli uchun tantana o'tkaziladigan joyda bayram dasturxoni tashkil etildi. Haqiqiy saylga aylanib ketgan bayram tantanasi ayniqsa, bolajonlar qalbida chuqur iz qoldiradi. Bayram tadbirlarini sog'ingan bolajonlar o'rtasida tashkil etilgan turli sport muosbaqalari bayram fayziga o'zgachalik baxsh etdi desak, mubolag'a emas.

         San'atkorlar qo'shiqlari ostida raqsga tushayotgan bayram qatnashchilari, bolajonlarning sho'x-shodon kulgulari, yangi kelinchaklarning "Kelin salom"lari, arqon tortish, milliy kurash kabi milliy o'yinlarning tashkil etilishi Navro'z ota-bobolarimizdan qolgan umrboqiy meros ekanligini yana bir karra tasdiqladi. Chunki Navro'z birdamlik, o'zaro mehr-oqibat va mehr-muruvvat, xayrixohlik va shukronalik ramzidir.

         Navro'z tantanalari tumanimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati