Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 231 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMIGA YaNGI O'RINBOSAR TAYINLANDI

×

 2022-03-26 18:46:22    90

PDF yuklash
Chop etish


TUMAN HOKIMIGA YaNGI O'RINBOSAR TAYINLANDI

         Bugun ertalab tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda tuman hokimi o'rinbosarlari, mahalla tizimi xodimlari, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari ishtirok etdilar.

         Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Mazkur tadbir avvalida tuman hokimi Respublikamizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahalla tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to'xtalib o'tdi. Jamiyatda xotin-qizlar va nuroniylar mavqeini mustahkamlashga qartilgan amaliyotlar samarasi haqida gapirdi.

         Shundan so'ng tashkiliy masala ko'rib chiqildi.

         O'zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 mart kungi PF-81 sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 25 mart kungi 14/1-498 sonli rozilik xatiga asosan Safarova Madinaxon Haydarovna 6 oylik sinov muddati bilan So'x tumani hokimi o'rinbosari – oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

         Yig'ilish davomida tuman hokimi yangi saylangan hokim o'rinbosarini tabriklab, xalqqa xizmat qilish va roziligini olish doimiy sinov ekanligini qayd etdi va Madinaxon Safarovaning faoliyatida omadlar tiladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati