Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"HARBIYLAR HAYoTINING BIR KUNI" LOYIHASI DOIRASIDA HARBIY QISMDA "OChIQ EShIKLAR KUNI" TAShKIL ETILDI

×

 2022-03-15 19:38:30    115

PDF yuklash
Chop etish


"HARBIYLAR HAYoTINING BIR KUNI" LOYIHASI DOIRASIDA HARBIY QISMDA "OChIQ EShIKLAR KUNI" TAShKIL ETILDI

         Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta'lim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz yoshlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg'ularini singdirish maqsadida bugun Sarikanda mahallasi yoshlar yetakchisi Hayitboy Hasanov  tashabbusi asosida tumandagi 12494-sonli harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi.

         Bundan ko'zlangan  asosiy maqsadlardan yana biri yoshlarni milliy g'oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirishdan iborat.

         Ushbu loyiha doirasida mahalla yoshlari harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan yoshlarga harbiy qurol-aslahalarni haqida ma'lumotlar berildi va ularning bu mavzudagi qiziqtirgan turli savollariga ham birma-bir javob berildi.

         Harbiy qismdan olam-olam taassurot olgan yoshlar mashg'ulotlar orqali ilk harbiy ko'nikmalarga ega bo'lishdi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati